Qatar hukumati Eronda Saudiya Arabistoni elchixonasiga qilingan hujumga norozilik belgisi sifatida Tehrondan o‘z elchisini chaqirib olmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Ar-Riyod 3-yanvar kuni Eron bilan diplomatik aloqalarini uzishini ma’lum qilgan edi. Bunga shia ulamosi Nimr an-Nimrning qatl etilishidan norozi bo‘lgan namoyishchilarning Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga hujum qilishi sabab bo‘ldi.
4-yanvar kuni Bahrayn va Sudan Eron bilan diplomatik munosabatlarning to‘xtatilishini ma’lum qildi. 5-yanvar kuni Kuvayt o‘z elchisini Tehrondan chaqirib olishini ma’lum qildi. 6-yanvar kuni esa Jibuti hukumati Eron bilan diplomatik aloqalarning uzilganligi to‘g‘risida xabar berdi.