“Handalak” guruhi qiziqchisi Zokir Ochildiyev qizini turmushga berdi. Jurnalist Feruz Muhammadning ma’lum qilishicha, to‘y marosimi 30-mart kuni Toshkentdagi “Ezidyor” restoranida bo‘lib o‘tgan.
“To‘y Samarqand va Toshkent an’analari asosida bo‘lib o‘tdi. Quda tomon ham, biz ham Samarqandning Urgut tumanidanmiz. Qizimning qaynotasi — mening og‘aynim, qaynonasi esa turmush o‘rtog‘imning dugonasi”, — deydi qiziqchi.
“Oilalarimiz azaldan juda qalin bo‘lgani sabab, oilaviy bordi-keldini yaxshi niyatda qarindoshlik rishtalari bilan bog‘ladik. To‘yda imkon qadar dabdabadan, sarpo-suruvlardan, ortiqcha hashamdan qochildi”, — dedi Zokir Ochildiyev.
“Endi navbat o‘g‘limizga. O‘g‘lim ayni paytda O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida 2-bosqich talabasi. Unga ham yaxshi niyatlar bilan kelin qidirishni boshladik”, — deya qo‘shimcha qildi taniqli so‘z ustasi.