1. Ismi-sharifi: Rayhon G`aniyeva;
2. Tug`ilgan yili: 16.09.1978 yil;
3. Oilasi: singlisi, Turmush o'rtog'i, ikki
narafar farzandi va o`zi;
4. Onasi: Tamara Shokirova (aktrisa
bo'lgan) ;
5. Otasi: Otabek G`aniyev (aktyor bo`lgan);
6. Singlisi: Nasiba, dizayner bo`lmoqchi;
7. Mutaxassisligi: psixolog;
8. Dugonasi: Eng yaqin dugonasi Shirin
G`ofurova. "Vodiy sadosi” radiosi
boshlovchisi;
9. Mashinasi: Kulrang "Neksiya”. Uni erkalab
"qo`g`irchog`im” deydi.
10. Ammo: o`zini mohir haydovchi deya
olmaydi;
11. Yoqtirgan taomi: o`zbek va xitoy taomlari.
Shirin sous jon-u dili.
12. Eng xipchabel sohibasi: beli 55 sm.
13. Jalb etadigan tomonlari: Shahlo ko`zlari,
sochlari, sahnadan tashqari paytda kiyinishi
odmi, yangilikka o`ch.
14. Fe`l-atvori: o`zgaruvchan, muomalaga
kirishuvchan, quvnoq, hazilkash.
15. Yoqtirgan qo`shiqchilari: Beyons Noulz,
Jennefer Lopez, Maykl Jekson.
16. Rasmiy sayti: www.rayhon.uz
17. Albomlari: "Sensiz”, "Baxtli bo`laman”,
"Faqat muhabbat”, "Yodingdami”,
"Sog`indim”;
18. Rayhon faoliyati bo`yicha direktor
Azizxon Yo`ldoshxonov.
19. Yoqtirgan qo`shig`i: o`zining "Sen
ketding”. Ruhiyatiga yaqin qo`shiq va
saundtrek;
20. Ovoz yozish studiyasi "Panterra”;
21. Mashhur qo`shiqlari: "Sevgilim”,
"Yodingdami”, "Asirimsan”, "Senga emas”,
"Ber panoh”, "Hech ayrilma”, "Seni deb”,
"Ketaman”, "Yolg`izim”, "Sen bo`lmasang”,
"Yolvorma”;
22. Duetdoshlari: Abdulaziz Karim
"Erkatoyim”, Davron Ergashev "Muhabbatim”;
23. Daromad manbai: To`ylar va konsertlar;
24. Kosmetik vositalari: "Cristian Dior”,
"Loreal”, "Chanel” mahsulotlari;
25. Ertalab: nonushtasini onasi tayyorlab
beradi. Qizi uchun ko`p yegulik xarid qilsa-da,
Rayhon ko`p ovqat yemaydi.
26. Yoqtiradi: "Patrik`s” restoranida
ovqatlanishni. Chunki u yerning sokin va
tinch bo`lgani yoqadi.
27. Milliy san`atkorlardan tinglaydi: Munojot
Yo`lchiyeva, Sherali Jo`rayev;
28. Ijodini boshlaganiga: 9 yil to`ldi. Undan
oldin musiqachilar guruhida 11 yil o`qigan;
29. Bolaligida husnixati xunuk bo`lgan;
30. Yoqtirgan fasli: qish, bahor, yoz;
31. Sochlari: tabiiy jingalak bo`lganligi uchun
silliqlatish maqsadida go`zallik saloniga
boradi. Sochlarining uzun va chiroyli
ko`rinishga ega bo`lishi uchun muntazam
vitaminlar ichadi.
32. Sevadi: Allohni, haqiqatni, yaxshilikni,
go`zallikni, uni sevishlarini, ijodida yaxshi
qo`shiqlar yaralsa, uni olqishlashsa,
basseynda cho`milishni, quyoshni, dengiz
sohilida o`tirishni, oilasini, do`stlarini, bezakli
taqinchoqlarni;
33. Rayhon yomon ko`radi: barcha
hasharotlarni, uy hayvonlarini, xafa
qilganlarni, iflosgarchilikni, sovuqni, uni xafa
qilishlarini, ikkiyuzlamachilikni, orzulari
sarobga aylanishini, qo`pollikni, yolg`onni;
34. Uyquga kech yotadi: undan oldin esa
albatta onasiga bugungi kuni qanday
o`tganini gapirib beradi;
35. Muxlislariga uch tilak: baxt, sevgi va
sog`lik yor bo`lsin!