23-27 fevral kunlari “Istiqlol” san`at saroyida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva o`zining navbatdagi yakkaxon konsertini taqdim etadi.
Mazkur konsert dasturi haqida xonandaning rasmiy saytida chiqqan ma`lumotga ko`zimiz tushib hayron qoldik. Saytda chop etilgan intervyuda Rayhon maksimum darajada jonli musiqa bo`lishi ustida harakat qilayotganini ma`lum qilgan.
- To`g`ri, to`liq jonli ijroga o`tish oson emas. Biroq, 70-80 foiz jonli ijro bo`ladi. Mening shoumni raqslarsiz tasavvur etib bo`lmasa kerak. Shu boisdan har bir qo`shiqqa raqs sahnalashtiryapmiz. Jonli kuylayotganim sababli engilroq kuylashda raqsga to`liq e`tibor qaratiladi, og`irroq bo`lsa, raqsni kamaytiramiz. Bu yil ikkita balet ishlaydi. Boshqacha konsert bo`ladi. Odatiy shoularimdan juda farq qiladi. Har kuni repetisiya qilayapmiz. Tik turib kuylash ham muxlislar o`ylaganchalik u qadar oson emas. Biroq, harakatlar bilan jonli kuylash yurakka etarlicha yuk tashlaydi. Nafas olish tizimini ham zo`riqtirib qo`yadi. Biroq, nailoj! El hurmatiga munosib bo`lish uchun har qanday qiyinchilikni engish darkor!, - deydi Rayhon.