O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida konsertga tayyorgarlik jarayoni, unda kutilayotgan syurprizlar va o`g`illarining qiziqishlari, ularning bog`chadagi kun tartibi haqida so`zlab berdi.
Xususan, Rayhon konsertiga kimning kelishini intiqlik bilan kutayotgani haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:
“Bu yil o`g`illarim ilk bor konsertimga tashrif buyurishadi. Shuning uchun ham balki oldingilaridan ko`proq hayajonlanayotgandirman”
Rayhon o`g`illarining bog`chaga borishiga uzoq vaqt ko`nika olmaganini ham aytib o`tdi:
“To`g`risini aytsam, boshida ikki hafta ularni o`zim bog`chaga olib borib, eshik ortida nimalar qilishyapti ekan deb kuzatib turardim. O`g`illarimdan ko`ra ularning yangi hayot tarziga mening o`rganishim qiyin kechdi desam mubolag`a bo`lmaydi. Turli xavotirlar meni tinch qo`ymasdi. Keyin esa bog`cha mudirasi bilan suhbatlashib, ona sifatida ularning fikr-mulohazalarini tinglab, o`zimni qo`lga olganman. Mudira aytgandek, men ularni hayotlari doim nazorat qilolmayman. Eng yaxshisi ularning xavfsizligini Yaratganing o`ziga ishonish. Aynan shu so`zlardan so`ng tinchlanib, vaziyatni qo`yib yubordim. Hozir esa ular maroq bilan bolalar bog`chasiga borib kelishadi. Bundan men ham xursandman”.
Ma`lumot uchun, Rayhonning yangi konsert dasturi 20-24 fevral kunlari “Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tadi.
Rayhon bilan to`liq intervyuni “Darakchi” gazetasining 19 yanvar kuni sotuvga chiqqan 3 sonida o`qishingiz mumkin.