Rim papasi Fransisk “Quyosh ortida” (Beyond the Sun) oilaviy sarguzasht filmda o‘zini o‘zi o‘ynaydi. Bu haqda Variety xabar beradi.
Katolik cherkovining rahbari badiiy filmni suratga olish jarayonida ilk bor ishtirok etadi. Kartinaning ustida ish jarayoni Italiyada 2016-yilning birinchi yarmida boshlanadi.
Nashrning ta’kidlashicha, papa Fransiskning o‘zi kinematografiyachilardan bolalarga Iso Masihning xabarini tushuntirishi mumkin bo‘lgan filmni yaratishni so‘ragan. Film ssenaristi Grasiela Rodrigesning g‘oyasiga ko‘ra, filmning bosh qahramonlari apostollarni ifodalovchi bolalar bo‘ladi.
Film prokatidan tushgan daromadni xayriya uchun berish rejalashtirilmoqda.