Rasmiy Vatikan Rim papasi Fransiskning “Quyosh ortida” sarguzasht filmida suratga tushishi haqidagi xabarlarni rad qildi. Bu haqda Entertainment Weekly nashri bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Bu haqda Muqaddas taxtning aloqalar bo‘yicha kotibiyatining boshlig‘i Dario Edoardo Vigano ma’lum qildi va “Papa aktyor emas”, ― deya qo‘shib qo‘ydi.
Ta’kidlanishicha, filmda pontifik ishtirokidagi sahna ko‘rinishlar bo‘lmasa-da, kinotasmada papa ishtirokida oldin suratga olingan hujjatli filmlardan parchalar keltirilishi ehtimoldan xoli emas.
O‘z navbatida, AMBI Pictures kinostudiyasi vakillari izoh berishdan bosh tortdi.
Eslatib o‘tamiz, ayrim xorijiy OAVlari Rim papasi Fransisk “Quyosh ortida” (Beyond the Sun) oilaviy sarguzasht filmda o‘zini o‘zi o‘ynaydi deya xabar qilgan edi.