Ro‘zani buzuvchi holatlar

  • Жалоба на материал
  • Автор: Tezkor_Admin
  • Дата: 31.05.2017
  • Просмотров : 540
  • Коммент: 0

Banda quyidagi ishlarni o‘z xohishi bilan amalga oshirsa, uning ro‘zasi buziladi va unga ro‘zaning qazosini tutib, kafforatni o‘tash vojib bo‘ladi:

– Ozuqa yoki darmon bo‘luvchi biron narsa yeyish yoki ichish. G‘iybat qilgandan keyin yoki qon oldirgach, ro‘zam ochildi, deb biron narsa yeyish ham shunga kiradi;

 

– jinsiy aloqa qilish. Ya’ni, bunday holatda maniy to‘kilishi yoki to‘kilmasligining farqi yo‘q. Erkak jinsiy a’zosining bosh qismi ikkinchi tarafning old yoki orqa yo‘liga kirsa ikkisiga ham qazo va kafforat vojib bo‘ladi. Garchi ayol erkak tarafidan majburlansa ham, unga kafforat vojib bo‘ladi;

 

– xotinini shahvat bilan ushlagandan, qon oldirgandan, birovni g‘iybat qilgandan yoki mo‘ylabiga yog‘ surtganidan keyin, “ro‘zam ochilib ketdi”, degan xayolga borib, biron narsa yeyish yoki ichish;

 

– og‘ziga tushgan yomg‘ir tomchisini yutish;

 

– xom go‘sht bo‘lsa ham yeyish. Illo ozuqalik belgisi yo‘qolgan aynigan go‘shtni yegan bandaning ro‘zasi buziladi, ammo unga kafforat vojib bo‘lmaydi;

 

– mol charvisi yog‘ini yeyish;

 

– qovurilgan go‘sht yeyish;

 

– bo‘g‘doy donini chaynab yutish. Ammo bir dona bo‘g‘doy yerib ketgunicha chaynalsa va tomoqdan erigan holda o‘tsa, ro‘za buzilmaydi, kafforat ham vojib bo‘lmaydi;

 

– bo‘g‘doy va kunjut kabilarni bir necha donadan yeyish;

 

– armaniy tuproq, oddiy tuproq yoki kesak yeyish;

 

– tuz yeyish;

 

     Shu yerda bir muhim narsani eslatib o‘tamiz. Kafforat faqat Ramazon ro‘zasini uzrsiz ochganlar uchun tayin qilingan. Boshqa turdagi ro‘zalarni ochib yuborganlar faqat ro‘zaning qazosini tutadilar, kafforat ularga vojib bo‘lmaydi. Kafforat Ramazon oyi ro‘zasining hurmatidan shariatga joriy qilingan. Sababi bu ulug‘ oyda tutiladigan ro‘zaning qadri baland, o‘rni katta. 
    Quyidagi holatlarda bandaning ro‘zasi ochilib, Ramazon ro‘zasining qazosini tutish vojib bo‘ladi, kafforat uning zimmasidan soqit bo‘ladi:

 

– Oziq sanalmaydigan va odam odatda uni yemaydigan narsalarga tanovul qilish. Masalan, xom guruch, xamir, ko‘p miqdorda tuz yeyish, pishmagan meva yeyish, tishlar orasida qolgan no‘xatdan katta narsani yeyish, paxta, qog‘oz, teri, tosh, tanga kabi narsalarni yesa;

 

– ovqat yoki dori-darmonning shar’iy uzr – bemorlik, safar yoki majburlash, xato, e’tiborsizlik hamda shubha sababidan tanovul qilsa,

 

– o‘z ixtiyori bilan ichiga tutun kirgizsa;

 

– orqa teshikdan, burun yoki ayolning oldidan ichiga suv kiritilsa;

 

– bir odam majburlash yoki aldov yo‘li bilan ro‘zani ochirib yuborsa;

 

– “saharlik vaqti hali chiqqani yo‘q”, degan gumon bilan yeb-ichishda davom etsa va borib qaraganda saharlik vaqti chiqqan bo‘lsa, shuningdek, “iftor vaqti bo‘ldi”, deb o‘ylab, og‘zini ochganidan keyin hali iftor vaqti bo‘lmagani ma’lum qilinsa;

 

– qasdan og‘zi to‘la qussa ham qazo tutadi. Agar ro‘zadorligi esidan chiqib, og‘zi to‘lmasdan taom emas balg‘am qussa, ro‘za ochilmaydi;

 

– tahoratda og‘iz chayayotganida xato bilan suv yutib yuborsa,

 

– bir kishi kechasi saharlikdan oldin niyat qilolmadi, kunduzi niyat qildi. Keyin ro‘zam to‘g‘ri bo‘larmikan, degan shubha bilan taom yesa, yoki ichimlik ichsa, qazosini tutib beradi.

 


Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li



Раздел: Наши новости
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.