Afsonaviy braziliyalik futbolchi Ronaldinyo 90-yillar xitiga aylangan “Kikbokschi” jangari filmining davomida mashhur aktyor Jan-Klod van Damm bilan birga rol ijro etadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
L`Equipe nashrining bildirishicha, Ronaldinyo filmda Ronaldo ismli jang san’atlari murabbiyi obrazini gavdalantiradi.
“Ronaldinyoning mashhurligi bizga qo‘l keladi, negaki u nafaqat iqtidorli inson, yana ijtimoiy tarmoqlarda uning 60 milliondan ortiq obunachisi bor”, — deb yangilikni izohladi film prodyuseri Rob Xikman.
“Kikbokschi”ning birinchi qismi 1989-yilda katta ekranlarga chiqarilgan bo‘lib, unda van Damm bosh rolni ijro etgandi.
Yangi filmda, shuningdek, resling yulduzi Deyv Batista va Hollivud aktrisasi Jina Karano ishtirok etadi.