Rossiya TIV: Turkiya aviakompaniyalarining viza masalasidagi muammolari o‘ziga bog‘liq

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 07.01.2016
  • Просмотров : 429
  • Коммент: 0
Pegasus Airlines va Onur Air samolyotlarining Rossiyaga parvozi to‘xtatilishi aviakompaniyalar rahbariyati 1-yanvardan Turkiya fuqarolari uchun joriy etilgan vizalarni vaqtida olish uchun harakat qilmagani bilan bog‘liq. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
“Pegasus Istanbuldagi bosh konsulxonaga vizalar uchun hujjatlarni 6-yanvar kuni taqdim etgan. Onur Air esa umuman murojaat etmagan”, — deya ta’kidlagan Zaxarova. Rossiya TIV vakili “380 nafar uchuvchi va texnik xodimlar uchun o‘z vaqtida yillik ko‘p karrali vizalar olgan va jadval bo‘yicha parvozlarni davom ettirayotgan” Turkish Airlines aviakompaniyasini o‘rnak sifatida keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya transport vaziri Binali Yildirim Rossiyani xalqaro aviatsiya me’yorlarini buzishda ayblab, mamlakat aviakompaniyalari ekipaj a’zolari uchun viza berishdagi vaziyatni «zo‘ravonlik» deb atagandi.


Раздел: Новости мира
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.