26 mart, yakshanba kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi rus millatiga mansub 53 yoshli ayol spirtli ichimlik ichishi oqibatida 35 yoshli o`g`lini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda bugun, 30 mart kuni Toshkent shahar IIBBda bo`lib o`tgan brifing chog`ida ma`lum qilindi.
O`sha kuni ayol tug`ilgan kunini nishonlayotgan edi. O`g`li onasini tabriklash uchun kelganida ona shirakayf edi. Ular birgalikda yana spirtli ichimlik ichishdi. Shunda ona va bola o`rtasida janjal kelib chiqdi. Oxir-oqibat o`zini himoya qilishga uringan ona o`g`liga pichoq bilan bir necha marta zarba bergan. Buning oqibatida 35 yoshli erkak vafot etgan.
Ona IIB xodimlariga bergan ko`rsatmasida hech narsa esida yo`qligini, afsusda ekanligini ma`lum qilgan.
Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.