Sevinch Mo'minova 1982-yil 30-iyunda
Farg'onada San'atkorlar oilasida dunyoga
kelgan. 5-6 yoshidanoq Sevinch qoshiq
kuylab hammani lol qoldirardi. Maktabni
tugatgandan so'ng xonanda
poytaxtimizdagi Manon Uyg'ur nomidagi
Toshkent Davlat Madaniyat institutining
rejissura fakultetini tamomladi. "To'lin oy" ilk
qo'shig'ini Sevinch "Navro'z" bayramida
kuylaydi. Xonanda ijod davomida 6 ta albom
yaratdi. Bular, "To'lin oy", "Sog'indim",
"Yuragim nolasi", "Yagonam", "Olib ket",
"Sevasan meni" albomlaridir. Sevinch tez
orada nafaqat O'zbekiston xududida, balki
AQSh, Rossiya, Istambul, Ozarbayjon,
Tojikiston, Qirg'iziston davlatlarida ham
mashhurlikni qo'lga kiritdi. Faqat qo'shiq
kuylabgina qolmasdan bir nechta filmlarda
ham rol ijro etgan. Yusuf Roziqovning
"Dilhiroj", Bahrom Yoqubovning "Baxt uchun
million", "Tsunami", "Qish ertagi" filmlarda
bosh rollar ijrochisi bo'lgan.