Shahzoda Matchonova o`zining shaxsiy hayotini muhokama qilayotganlarga javob qaytardi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 25.12.2016
  • Просмотров : 411
  • Коммент: 0

Joriy yilning 25 noyabr kuni Toshkentdagi  “Yakkasaroy” to`yxonasida aktrisa Shaxzoda Matchonova Omar ismli yigitga turmushga chiqqani xaqida xabar bergan edik.  Shahzodaning to`yi ijtimoiy tarmoqlarda ancha paytgacha qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi. 

26 noyabrdan bu to`y bilan bog`liq avvaliga gumonlar keyin esa g`alati xabarlar, ketidan esa umuman mantiqqa zid ma`lumotlar yog`ila boshladi. 

Xususan, izohlarda odamlar kuyov haqida turli ma`lumotlar yoza boshladi. Ya`ni ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Omar ismli yigit aslida Muzaffar ekanligi, hatto kuyovning eng yaqinlari ham to`y xaqida internetdan bilishganidan hayratda ekanliklari yozgan.  

“Sayyod.com” nashri Shahzodaning turmush o`rtog`i Omar haqida to`liq ma`lumot keltirdi

Nashrning ma`lum qilishicha, Omarning asli ismi Muzaffar. 

Masharifov Muzaffar Mirayimovich 28 sentyabrda tug`ilgan, o`zbek, 9 oyligida otasi vafot etgan, onasi bilan Turkiyadagi Istanbul shahrida ishlab, istiqomat qilishgan. O`zbekistonda bir vaqtlar judayam mashxur va taniqli bir guruhdagi solistlarning jiyani. Turkiyaning futbol jamoalaridan birida to`p suradi va shu taraflama ko`pchilik uni yaxshi taniydi.   

Aktrisa Shahzoda Matchonova shaxsiy hayoti internet foydalanuvchilari tomonidan muhokama qilinaverishidan charchagan ko`rinadi. U bunday muhokamalarga Facebook`dagi sahifasi orqali javob qaytarishga qaror qildi. 

“Oyi, nimaga qo`shnimiz kimga uylangani, tanishim kim bilan uchrashishi, haligi klipmeykerning xotini kecha qanaqa kiyimda ekanligi,birovning puli bor-yo`qligi, men haqimda yomon fikrlaydigan ayolning o`tmishi menga baribir, o`zining sobiq sevgilisi haqida yomon gaplarni gapiradigan odamlar bilan ishim yo`q. Menga kimning nimada yurishi, biror insonning turmush tarzi, uning dini, millati, kasbi umuman qiziq emas, baribir. 

Men hech qachon hech kimni gapirmayman, muhokama qilmayman, oyi... Bu men Yaratgandan qo`rqqanim uchunmi yoki siz meni shunday tarbiyalaganmisiz, oyi?”,—deb yozdi Shahzoda.



Раздел: Шоу-бизнеса
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.