Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova o`ziga sarpo liboslarini tikishni boshlaganini ma`lum qildi.
Shahzoda Instagram`dagi sahifasida to`yi qachon bo`lishi haqidagi savollarga javob berdi.
“O`zim uchun vanihoyat..."SHAXZODA" Boutique & Atelye zakazlaridan bo`shab, endi sarpo liboslar va bosh kiyimlar tikyapman yarim tunda,—deb yozadi Shahzoda,—Ko`plab savollarga javoban: Hamma ‘To`yingiz qachon?’, deb so`raydi. Alloh nasib etsa orzuimdagi vafodor, sadoqatli, ayolning qadriga etadigan, madaniyatli, mehrli, haqiqiy lafzli, or-nomusli, qalbi va amali hamda vijdoni pok, haqiqiy mard erkak uchrasa, albatta turmush quraman”.
“Hozir esa yangi film uchun o`zimga eskizlarim asosida sarpo liboslar tikyapman”,—deydi aktrisa so`zini davom ettirar ekan.