Sharof Muqimov 1982-yil 11-aprel kuni
tavallud topdi. Maktabni tugatgandan so-ng
Toshkent Davlat San-at institutining kino TV
rejissyorlik fakultetini tamomladi. U ijodini
2003-yil Muhammad Ismoilning "Balog'at
bekati" vedeofilmida suratga tushishdan
boshlaydi. Videofilm juda ham muvaffaqiyatli
bo'lgani hamda Sharof Muqimov rolini a'lo
darajada ijro etgani sababli o'zbek
estradasining yulduzlari ijro etgan kliplarga
sur'atga tushish takliflari tushadi. Nilufar
Usmonovaning "Yur", Sobirjon
Mo'minovning "Onangizga kuyov bo'laman",
Shahlo Rustamovaning "Ko'zlarim xumor,
xumor". Ushbu kliplar kutilmaganda
Sharofga muvaffaqiyatlar olib keladi. Bir kun
u Nilufar Pardayeva degan muhlisidan xat
oladi. U yerda Sharofga shirin tilaklar tilab,
qo'shiq kuylash taklifi bilan murojaat etgan
bo'ladi. 2004-yilda esa Sharof Muqimov
birinchi "Sen hayolimsan" qo'shig'ini hamda
shu qo'shiqqa klip yaratadi. Bu qo'shiq bir
oyda ommaga tez tarqalib xit taronaga
aylanadi. So'ng "Chiroylisan tengi yo'q"
qo'shig'i ham xit darajasiga yetadi. Xuddi
shu yili u Toshkent Davlat San'at institutini
tamomlaydi. Sharof Muqimov
Respublikamizning barcha viloyatlarida
o'zining gala konsertlarini juda a'lo darajada
o'tkazib keladi. Hozirgi kunda uning 40dan
ziyod qo'shiqlari, 20dan ortiq kliplari va
"Jonim seni", "Orzu bu baxt", "Bu xayot"
albomlarini taqdim etgan. Sharof Muqimov
nafaqat qo'shiq kuylab kliplarda suratga
tushadi, balki kino aktyordir ham. U 2005-yili Burxon Sharopovning "Jonim seni… yohud ekizaklar", "Niqob", Muzaffar Erkinovning "Armon" filmlarida bosh rol ijrochisi bo'lgan.
2007-yilda esa "Turkiston" saroyida o'zining ilk "Orzu bu baxt" nomli konsert dasturini o'z muhlislariga namoyish qiladi. Aynan shu yili Sharof Muqimov o'zining tirishqoqligi,
este'dodi bilan "Nihol" mukofoti sovrinini
qo'lga kiritadi. So'zimiz nihoyasida Sharof
Muqimov 2010-yili o'zbek estradasining
yorqin yulduzi Sevinch Mo'minova bilan
baxtli turmush quradi.