Shohruhxon - Shaydo (Qo'shiq Matni)
Yana ko'z uyida ma’vo qilibsen,
Ko'ngil koshonasida jo qilibsen. (x2)
Yana savdoyi zulfingdin, nigoro,
Meni oshuftavu shaydo qilibsen.
Meni shaydo qilibsen, shaydo qilibsen,
Ko'zimning yoshini daryo qilibsen.
Shaydo qilibsen, shaydo qilibsen,
Ko'zimning yoshini daryo qilibsen.
G'aming yo'q jon agar bersam g'amingda,
O'zingni buncha beparvo qilibsen.
Qoshingdin meni o'qdek tashlar uchun,
Yangi oydek qoshingni yo qilibsen.
Meni shaydo qilibsen, shaydo qilibsen,
Ko'zimning yoshini daryo qilibsen.
Shaydo qilibsen, shaydo qilibsen,
Ko'zimning yoshini daryo qilibsen.