NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Shimoliy Koreya hukumatini o‘z yadro dasturiga nuqta qo‘yishga chaqirdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Shimoliy Koreya yadro qurolidan hamda mavjud yadroviy va ballistik dasturlardan to‘liq voz kechishi kerak”, — dedi Stoltenberg.
Alyans rahbari ta’kidlashicha, KXDR yadro qurolidan xoli hudud yaratish haqidagi muzokaralarni boshlashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 6-yanvar kuni Shimoliy Koreya markaziy televideniyesi KXDR mamlakat shimoli-sharqida vodorod bombasini muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazganini xabar qildi.
Avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi KXDR tomonidan yadro sinovi o‘tkazilishiga nisbatan rezolyutsiya bo‘yicha javob choralari yuzasidan darhol ish boshlashi xabar berilgan edi.