Tailand rasmiylari o‘tkazgan reyd asnosida mashhur Yo‘lbars budda ibodatxonasida 40 yo‘lbars bolasining jasadi saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, mitti jonivorlarning tanalari oshxonadagi muzlatkichda saqlanayotgan ekan.
31-may kuni ekologiya himoyachilari rohiblarni ushbu ibodatxonani hayvonlar uchun jahannamga aylantirganlikda ayblagan edi.
Kanchanaburi provinsiyasida joylashgan Yo‘lbars ibodatxonasi o‘zini qo‘riqxona sifatida namoyon etgani bois turistlar orasida anchayin shuhratga ega. Ammo oxirgi yillarda diniy maskan janjal ichida qolib ketdi — rohiblar jonivorlar bilan noloyiq munosabatda bo‘lishda, ularni o‘ldirishda va noqonuniy sotishda ayblanmoqda