Tamila: Litsenziyamni bekor qilishni “O‘zbeknavo”dan o‘zim so‘radim

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 14.02.2016
  • Просмотров : 449
  • Коммент: 0

Xonanda Tamila “O‘zbeknavo” estrada birlashmasidan unga tegishli litsenziyani bekor qilishni so‘raganini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.

“Litsenziyamni bekor qilinishini ‘O‘zbeknavo’dan o‘zim iltimos qildim va meni bezovta qilmasliklarini so‘radim”, — dedi Tamila.

“Videolarni ekspertizaga topshirib, behayo harakatlar qilgan qiz men emasligim va bu qabih ishga kim qo‘l urganini bilish niyatidaman”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.

Tamilaning bu so‘zlariga “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi litsenziya bo‘limi boshlig‘i Odil Abduqahhorov quyidagicha munosabat bildirdi: “Gapidan tonadigan xonandaga ishonasizmi yoki rasmiy tashkilot vakilining gapiga? Uning bu ma’lumoti 100 foiz yolg‘on!”.

Yanvar oyi oxirida internetda Tamila deb taxmin qilinayotgan qizning axloqsiz harakatlari aks etgan videoyozuvlar tarqalib ketdi. Shundan so‘ng xonandaning prodyuseri u bilan hamkorlikni to‘xtatdi, “O‘zbeknavo” esa Tamilaning litsenziyasini tugatdi.

Shov-shuvlar ortidan Tamila Qozog‘istonga ko‘chib ketgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi, biroq xonandaning o‘zi videomurojaat bilan chiqib, mish-mishlarni rad etdi. U, shuningdek, videodagi qiz o‘zi emasligini ta’kidlamoqda.



Раздел: Шоу-бизнеса
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.