O‘ylasam, ul dilbarim makkorga o‘xshaydi-ku,
Rahmi yo‘q bir bevafo dildorga o‘xshaydi-ku.
Ul kuni gulgun niqobini ochub, man xastani
Ishqidin bo‘ynimga solgan torga o‘xshaydi-
ku.
To bu dam olmas xabar, bo‘ldi yuraklar
chok-chok,
Sho‘xi zolim xiyla dilozorga o‘xshaydi-ku.
Nargisi aylar muruvvat, desa, qo‘ymas
ko‘zlari,
Xanjari mujgonlari xunxorga o‘xshaydi-ku.
O‘zicha qilmas manga muncha jafoyu jabrni,
Anga o‘rgatgan magar ag‘yorga o‘xshaydi-
ku.
Ey Nihon, qilding tavallo necha yo‘llar,
kelmadi,
San kabi bechoradin bezorga o‘xshaydi-ku.