Teatrga kechikayotgan Al Pachinoni muxlislar uysiz daydi bilan adashtirib qo‘ydi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 04.02.2016
  • Просмотров : 434
  • Коммент: 0

Teatrga shoshayotgan Al Pachino Nyu-York ko‘chalari bo‘ylab mashinalar oqimi orasidan chopib o‘tdi. Aktyorni tanish birmuncha mushkul edi: u shu holatida Gollivud yulduzidan ko‘ra ko‘proq uysiz kimsani eslatardi, deya hikoya qiladi “Vesti”.

Ko‘zigacha tushgan kapyushon, beo‘xshov qora palto, qo‘lidagi ichi to‘laligidan berkilmayotgan katta qora sumka va krossovkada aktyor ko‘proq daydiga o‘xshardi. “Cho‘qintirgan ota” filmi yulduzi kapyushonni yechganda va patila sochi, peshonasidagi qora lentani namoyish etganda, bu o‘xshashlik yanada kuchaydi.

Al Pachino Brodveyda “Xitoylik qo‘g‘irchoq” spektaklida rol o‘ynamoqda, u aynan navbatdagi tomoshaga kechikayotgandi. Uning teatr atrofida paydo bo‘lishini muxlislar sabrsizlik bilan kutayotgan edi. Bunday qiyofa bilan aktyor ular orasidan ko‘zga tashlanmay o‘tib ketmoqchi bo‘lganmi yoki shoshib shunday kiyinganmi, bunga aniqlik kiritilmagan.



Раздел: Шоу-бизнеса
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.