Toshkentda Meizu Metal smartfoni sotila boshladi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”. Qurilma metall korpusga ega bo‘lib, plastik detallardan xoli, shuningdek, unda barmoq izi skaneri bor.
Meizu Metal 5,5 dyuym va 1920×1080 pikselli IPS-displey, MediaTek Helio X10 protsessori, 2 Gb tezkor va 16/32 Gb ichki xotira (+microSD), 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega.
Akkumulyator sig‘imi 3140 mA/s ga teng. Telefon Flyme firma qobig‘iga ega Android 5.1 operatsion tizimida ishlaydi.
Meizu Metal (16 Gb li versiyasi) Toshkentning “Fleshka” savdo majmuasida 1,6 million so‘mdan sotilmoqda.
Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.