“Toshshahartransxizmat” avtobuslar ishtirokidagi YTH bo‘yicha axborot berdi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 26.01.2016
  • Просмотров : 497
  • Коммент: 0

Toshkentda uch avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani to‘g‘risidagi axborot noaniq bo‘lib chiqdi. UZ24’ning “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasiga asoslanib xabar berishicha, hodisa uch avtobus emas, balki Isuzu avtobusi va “Gazel” rusumli mikroavtobus ishtirokida yuz bergan.

“Toshshahartransxizmat” vakilining ma’lum qilishicha, 81-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan Isuzu avtobusi hamda 193-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan yo‘nalishli taksi o‘rtasida yuz bergan avariya oqibatida, ko‘prik ustida tirbandlik yuzaga kelgan va avtobuslar o‘tib ketolmay qolgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. “Toshshahartransxizmat”dan ma’lum qilishlaricha, hodisa aybdorlari qat’iy jazolanadi.



Раздел: Наши новости
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.