Twitter foydalanuvchilarga hozirgi 140 belgi (ramz) o‘rniga 10 minggacha belgidan (ramz) iborat hajmdagi postlarni joylashtirish imkoniyatini berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
AQShning yetakchi yuqori texnologiyali kompaniyalari yangiliklarini yoritishga ixtisoslashgan Re/code saytining ma’lum qilishicha, Twitter yangi xizmatni shu yil birinchi choragi oxirigacha ishga tushirishni mo‘ljallangan, biroq aniq sana hozircha ma’lum emas.
Ekspertlar Twitter’dagi bu va boshqa yangiliklarni oktabr oyida kompaniya rahbariyatiga uning asoschilaridan biri Jek Dorsi qaytgani bilan izohlamoqda.