​Ulug`bek Rahmatullaevning rafiqasi uni qaysi ayol hamkasbidan rashk qiladi?

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 18.04.2017
  • Просмотров : 568
  • Коммент: 0

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaev MY5 telekanalida efirga uzatiladigan “Love story” ko`rsatuvida ishtirok etdi va rafiqasi Irodaxon bilan qanday tanishishgani, farzandlarining tug`ilishi va oiladagi rashk haqida gapirib o`tdi.

Rafiqam mendan 11 yosh kichkina. Uni men bilan tanishtirishganida ko`zimga judayam yosh, kichkina ko`ringan. Onamga bu haqda aytganimda ‘Ayol kishi tez katta bo`lib qoladi’, degan”, deydi Ulug`bek Rahmatullaev.—Bugungi kunda 3 nafar farzandimiz bor. Uchinchi farzandim 2016 yil yangi yil kuniga menga sovg`a bo`lgan. Ikkinchi o`g`lim Muhammad Yusuf tug`ildi shu kunda. Men onajonimga rahmat aytaman shunaqa rafiqa topib bergani uchun. Men o`zim o`zimga rafiqa topa olmasdim. Chunki onachalik farzandini hech kim yaxshi bilmaydi”

Xonanda oiladagi rashk xususida quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Hamma oilada bo`lgani kabi bizning oilamizda ham rashk bor. Ayolimning meni rashk iqlishi menga yoqadi. Biroq, ayolim menga turmushga chiqayotganida san`atkorga turmushga chiqayotgani, hayotda turli vaziyatlar bo`lishini tushuntirganman. Bizning o`rtamizda eng asosiysi ishonch bor, bir-birimizga ishonamiz. Yuragimda turmush o`rtog`imning alohida o`rni bor. Uning o`rnini hech kim bosa olmaydi va uning o`rniga hech kimni sig`dira olmayman. Lekin ba`zi hamkasblarim bilan ko`proq birga duet kuylasam, yoki ko`proq tadbirlarda birga ishtirok etsam, ayolimdan ‘Shu xonanda bilan hamkorligingiz sal ko`payib ketmayaptimi?’, degan gapni eshitaman. Lekin bu vaziyat juda katta janjalga aylanmaydi”.

“Ulug`bek akam va Iroda kenayimning o`zaro munosabatlari haqida gapiradigan bo`lsam, ular o`rtasidagi o`zaro hurmat va ishonchni alohida ta`kidlab o`tishim kerak. Mening kenayim judayam rashkchi. Ular Ulug`bek akamni o`zbek ayol xonandalaridan Shahzodadan judayam kuchli rashk qiladilar. Agar ular bir sahnada birga kuylab qolishsa yoki biron joyda birga o`tirib qolishsa, Iroda kenayim 3 kun Ulug`bek akam bilan gaplashmaydilar”,—deydi xonandaning ukasi Dilshod Rahmatullaev.

Ma`lumot uchun, Ulug`bek Rahmatullaev 2010 yilda Irodaxon bilan turmush qurgan. Bugungi kunda ularning Fayzulloh, Farzona va Muhammad Yusuf ismli farzandlari bor.


Раздел: Шоу-бизнеса
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.