Ummon - Yillar o'tib ketibdi (Qo'shiq Matni)

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.12.2016
  • Просмотров : 425
  • Коммент: 0
Ummon - Yillar o'tib ketibdi (Qo'shiq Matni)

Yillar o'tib ketibdi oradan, qara,
Sen kelmading, bormadim man ham.
Kuzlar o'tdi o'ylab ko'zlaring,
Bahorda taralardi hidlaring.

Sen kelmading, men ham, qara,
Xafamisan mendan? Men ham xafa!
Sen meni unutib yubording desam…

O'sha yillar qattiq urushib ketdik u bilan,
Eshikni qattiq yopib ketdi ko'zda yosh bilan.
O'sha-o'sha yozmadi birorta xat ham,
Yozmadim men ham.

Qilmadi qo'ng'iroq, men ham qilmadim,
Kutdim, qiynaldim, malham izladim.
Meni unutib yuborgan deb o'ylab,
Men ham unutishga harakat qilardim.

U meni unutib ketdi oson,
Men esa unutolmasdan sarson.
Yarim yilgacha qanchalar qiynaldim,
Bir yil bo'lganda ozgina ranglandim.

Kirib boshladi rang hayotimga,
Sen haqingdagi xayollar qo'ydi holimga.
Ozgina faqat yurak yengil tortardi,
Agar bo'lmaganida oq-qora surat.

Yillar o'tib ketibdi oradan, qara,
Sen kelmading, bormadim man ham.
Kuzlar o'tdi o'ylab ko'zlaring,
Bahorda taralardi hidlaring.

Sen kelmading, men ham, qara,
Xafamisan mendan? Men ham xafa!
Sen meni unutib yubording desam…

Kunlarning birida yo'qladi do'stim,
Dedi: bor bir narsa sanga do'stim,
San bilmasang bo'lmaydi bu haqida,
Bu sani tuyg'ularing haqida deb…

Berdi qo'limga surat,
Suratga qarab qoldim muzlab.
Oq libosdagi qiz maning yorim,
Yonidagi kim bilmadim?

Kiyinib, shoshilib yugurdim qizning qizlik uyiga,
Oq-qora ko'rina boshladi hayot ko'zlarimga.
Yuragimga qattiq botdi ko'rgan suratim,
Ilojsiz uyiga bordim.

Chiqdi singlisi, ko'rib mani bo'ldi hayron,
Birinchi savoli: qayda edingiz shuncha on?
Opam sizni shuncha qon yutib kutdi,
Ko'zlarida yosh, yig'lab kutdi.

Ovutolmasdi na otam, na onam,
Nimani tinglamasdilar opam.
Manga qarab, qaytib kelarmikan derdilar,
Kuta-kuta oxir otam erga berdilar.

Har bir meni o'ylab o'tgan tuningni,
Har tomchi ko'zingdan oqqan yoshingni,
So'nggi lahzagacha meni kutganingni bilib,
Afsuslar chekaman.

Har bir meni o'ylab o'tgan tuningni,
Har tomchi ko'zingdan oqqan yoshingni,
So'nggi lahzagacha meni sevganingni bilib,
Alam ezardi.

Yillar o'tib ketibdi oradan, qara,
Sen kelmading, bormadim man ham.
Kuzlar o'tdi o'ylab ko'zlaring,
Bahorda taralardi hidlaring.


Раздел: Тексты пецень
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.