Sobiq ittifoq xalq artisti Vladimir Zeldin 101 yoshligini Rossiya armiyasi Markaziy akademik teatri sahnasida nishonlaydi. Bu haqda teatr matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Zeldin 1915-yilning 28-yanvar kuni tug‘ilgan, biroq yangicha yil hisobi bo‘yicha uning tug‘ilgan kuni 10-fevralga to‘g‘ri keladi.
“Bu kunda Vladimir Mixaylovich unga bag‘ishlangan “Murabbiy bilan raqs” spektaklida bosh rolni ijro etadi”, — deyiladi teatr matbuot xizmati xabarida.
Vladimir Zeldinni haqli ravishda afsonaviy odam deb atashadi. Chunki dunyo teatr tajribasida 100 yoshida ham rol ijro etuvchi boshqa aktyor yo‘q.
Uning teatrdagi ishlari ichida Lope de Veganing “Raqslar murabbiyi” komediyasi alohida o‘rin egallaydi. Zeldin unda ming martadan ortiq rol ijro etgan. Kinoda esa u “Karnaval kechasi”, “O‘nta negr bolasi”, “31-iyun”, “Vanya amaki” filmlari orqali tomoshabinlar yodida qolgan. Zeldin, shuningdek, teleseriallar va “Yeralash”da ham suratga tushgan.