Xonanda Rayhon jahondagi notinchliklar haqida qo‘shiq kuylaydi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 01.02.2016
  • Просмотров : 533
  • Коммент: 0

Xonanda Rayhon jahondagi notinchliklarga qo‘shiq orqali munosabat bildirishni maqsad qilgan. Xonanda bu haqda “Shov-shuv.uz” saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Aynan shu yo‘nalishda yangi qo‘shiq kuylashni rejalashtirganmiz. Biz san’atkorlar, siyosatchilardan farqli o‘laroq, bu borada qo‘shiq orqali qandaydir hissa qo‘shishimizga umid qilaman”, — dedi Rayhon.

“Xudoga shukr, biz shunday mamlakatda yashayapmizki, farzandlarimiz osuda tun bag‘rida uxlab, kulib turgan quyosh mehri ila uyg‘onmoqda. Har bir vatandoshimiz o‘z sevimli kasbi bilan shug‘ullanib, yurt farovonligiga hissas qo‘shmoqda. Bunday yorqin hayot baxtdan jo‘shib kuylashga zamin yaratadi”, — dedi xonanda.

“Menda ikkita orzu bor — musiqam insonlarni yaxshilikka chorlasin va farzandlarim baxtini ko‘rish. Yo‘q, yana bir orzuim bor. Uchinchisi! Dunyo tinch bo‘lsin! TVni yoqishga qo‘rqib qolganman. Ayniqsa, ayrim mamlakatlarda bolajonlar jabr ko‘rmoqda. Shunda zulmkorlar odam emas degan fikrga boraman”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.

Avvalroq xonanda 2016-yilning 23—27-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan navbatdagi konsert dasturida ko‘p qo‘shiqlarini jonli kuylashini ma’lum qilgandi.



Раздел: Шоу-бизнеса
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.