O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ziyoda “Darakchi” gazetasiga intervyu berib, hamkasbi Rayhonning mehribon, ochiqko`ngil va muloyimligi haqida gapirdi.
“Rayhon opa haqida ikki og`iz so`z aytsam — u hamkasblarim ichida men hurmat qiladigan, havas bilan qaraydigan insonlardan biri. Juda mehribon, ochiqko`ngil va muloyim. Birinchi farzandimga homilador paytimda Navro`z bayrami repetisiyasida uchrashib qolganmiz. Mening holatimni ko`rib, o`tirgan o`rnidan turib shu zahoti joy bergan, o`shanda ob-havo biroz sovuq edi. Engil kiyinganimni ko`rib, ust kiyimini ham echib bergan. Pidjak menga kichkina bo`lgani uchun kiya olmasamda, ustimga yopib qo`ygandi. Ularning iltifotidan, mehribonligidan juda ta`sirlanganman. Hamkasbiga shunchalik mehribon ayol uydagilariga qanchalik e`tiborli ekanini anglab olish qiyinmas. Duetga keladigan bo`lsak, qo`shiqni Rayhon opaning taklifi bilan kuyladik. Tadbirlarning birida uchrashib qolganimizda, ‘Ziyoda, men bilan duet kuylashga nima deysiz?’ dedilar. Men bajonidil qabul qildim. Hamkorligimiz aynan konsert oldi boshlandi. Menimcha qo`shiq yomon chiqmadi. Lekin xolis bahoni baribir muxlislarning o`zidan kutamiz”,—deydi Ziyoda.
Ma`lumot uchun, Yaqinda Ziyoda ikkinchi marta onalik baxtiga sazovor bo`ldi.
Ziyoda bilan to`liq intervyuni “Darakchi” gazetasining 30 mart kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida o`qishingiz mumkin.