Kichikligimda ota- onam otib ketishgan. Akam menga ham ota, ham ona ornida edi. Qiynalib- qiynalib meni odam qilgan, ozlari oqimagan bolsada, meni oqitgan. Ota- onam ukanga g'amxorlik qil deb u kishiga vasiyat qilganlari u-n og'ir mehnat qilib bolsada meni hech nimaga zoriqtirmay katta qildilar. 28 yoshida uylandilar. Ikki farzandlik ham bolishdi. Akam meni juda yaxshi korardilar. Gohida yangam hazillashib: "Akaiz mendan ham koproq sizni yaxshi koradi", derdi. Nima topsalar menga ilinardi. Meni uylantirish niyatlari bor edi. Hammasi osha kunlardan boshlandi. Dastavval ancha toblari qochib bir-necha kun ishga chiqmadilar. Keyin bir kun hushidan ketdilar. Shifoxonaga obordik. Doktor kozimga boqib, tashvishli nigohda bittagina soz aytdi: rak.. Men umrimda bundan dahshatli sozni eshitgan emasman. Butun vujudim muzlab ketdi. Bir necha kun ozimga kelolmadim. Akam bu haqda yangang bilmasin dedi. Doktorlar umid juda kam, deyarli davosi yoq deyishdi, 99 foizga. Bir foiz umid bor ekan- u deb Xudoga shukr qildim. Doktor agar operatsiya qilinib ilik kochirib otkazilsa, uni saqlab qolish mumkin deyishdi... Yangam bilib qolib, yig'ladi. Jiyanlarim hali yosh. Ular biz kabi otasiz osmasligini Allohdan sorardim. Akam ularga kerak edi. Suyak kochirib otkazishsa faqat meniki unga mos kelishi mumkin. Yagona muammo bu operatsiya tufayli mening hayotimga xavf tug'ilishi mumkinligida edi. Men hali yoshman. Uylanmaganman. Akam u-n shunday qilishim kerak edi. Doktordan bu haqda akamga aytmasligini soradim.. Operatsiya kuni yaqinlashardi. Lekin xotirjam edim. Axir jondan ortiq jigarim- akamni saqlab qolishim mumkin edi. Akamga donor topilganini aytishdi. Biroz sevindilar. Oxirgi oyda akam ancha qiynaldi. Ayniqsa bolalarini korganida boshqacha ezilardi. Bildirmasada mendan bekitolmaydi. Bir vaqtlar meni och qolmasin, kiyimi but bolsin deb yelib- yugurganida, kasal bolib qolganimda kechasi b- n boshimda bedor otirib chiqqanlarida nigohida shu qorquv bor edi. "Akajon, siz hali yashaysiz! Men bormanku.." Nihoyat osha tong otdi. Insholloh, bu tong akamga yangi hayot ato etadi. Men.. nasib qilgan bolsa yashayman! Shifoxonaga kelsam doktor akamni palatasi yonida oychan turardi. Salomlashdim, operatsiyaga tayyorligimni aytdim. U: "Endi operatsiyaning foydasi yoq" dedi. - Akangiz olamdan otdi, bandalik uka, bardam boling.. Sovuq ter chiqib ketdi tanamdan. Otirib qoldim. Doktor akamni kechagi bir kunlik dorisini ichmaganligini, yarim tunda joni uzilganini aytdi, qolimga qog'oz tutqazdi. Yig'lab yubordim. Bor ovozim b-n yig'ladim. Kozimda yosh b-n akamning songgi yozuvlarini oqidim: "Ukaginam, sendan roziman. Tugab bolgan odam u-n hayotingni xavf ostiga qoyishning keragi yoq. Yangang va jiyanlaring senga omonat. Xudo yor bolsin!" Akam bilgan ekan.. Eh, akajon! Sizga bir martagina g'amxorlik qilmoqchiydim. Sizni qanchalik yaxshi korishimni isbotlamoqchiydim. Qarang akajon, baribir siz meni koproq yaxshi korarkansiz...!