O‘n sakkizga to‘lgan paytim

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 28.04.2017
  • Просмотры: 301
  • Коммент: 0

O‘n sakkizga to‘lgan paytim, 
Askar yigit bo‘lgan paytim — 
«Xush, oy borib, omon qaytgin!» 
Degandingiz non tishlatib. 

Keng ko‘ksimga qo‘ygancha bosh, 
Yuzingizni yuvgancha yosh, 
«Burching o‘ta, berib bardosh» 
Degandingiz ont ishtirib. 

Harbiy xizmat o‘tib omon, 
Burchim o‘tab qaytganim on — 
«Yuzim yorug‘ etding, o‘g‘lon!» 
Degandingiz dil xushlatib

Bolaligim

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 28.04.2017
  • Просмотры: 269
  • Коммент: 0

Bolaligim. Avji saraton 
Dala. Tog‘u toshlar kuymakda. 
Onam ishga otlanadi tong, 
Rangi o‘ngib ketgan ko‘ylakda. 

Naq taqimda sochini sochib, 
Boyovutning shamoli sang‘ir. 
Vafo qildi birgina sochi 
Eplayolmay ro‘molda tang‘ir. 

Borar baland bo‘yli, kulcha yuz, 
Bo‘y-bo‘y juvon, sirli siyoqda. 
Suyolmadik uni qilcha biz 
Xudo suysin endi u yoqda. 

Eshitaman tovushlarini 
Borar jannat malaklariday. 
Tuproq to‘la kovushlari-yu 
Rangi o‘nggan ko‘ylaklarida... 

Ruhim ko‘taradi bayroqlarini... 
Dunyo kambag‘alni kamsitib, g‘ajib 
Tag‘in boyitarkan boyroqlarini 
Ruhim olib qo‘yar boshimdan tojni

Mehribonim Onam

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 28.04.2017
  • Просмотры: 816
  • Коммент: 0

Jamoling ko’rgali keldim, ayo ey mehribon onam, 
Mening uchun ado bo’lg’an yuragu bag’ri qon onam. 

Xo’tan dashtiga tushtum bul falakning gardishi birlan, 
Eshitkil arzi holimni, men aytay senga, jon onam. 

Ajoyib mehribonimsan, meni oromi jonimsan, 
Murodi du jahonimsan, bihishti jovidon onam. 

Meni bir jodu ko’zluk bul jahon ichra xarob etti, 
Qadi sarvu sanavbar, qoshlari misli kamon, onam. 

Boshimga tushti bul savdo, bo’lubman bulbuli shaydo, 
Shabistoni jahonda qumridek shakkarfishon onam. 

Bu ishq o’ti xarob etti, yurak-bag’rim kabob etti, 
Meni xoki turob etti yuzi mohi tobon onam. 

Seni ko’p intizor ettim firoq o’tig’a, ey Ka’bam, 
Tavofi Ka’bayi maqsuda keldim, dilkashon onam. 

Iloho, avf qil ... Читать дальше »

Onam! Seni qutqarmoq uchun jonmi kerakdir?

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 28.04.2017
  • Просмотры: 255
  • Коммент: 0

Onam! Seni qutqarmoq uchun jonmi kerakdir? 
Nomusmi, vijdon bila imonmi kerakdir? 

Temur ila Chingiz qoni toshdi tomurimda - 
Aytgil,Seni qutqarmoq uchun qonmi kerakdir? 

Yov suqg'ali kelgach,qilichini yuragingga, 
Tush oldiga,ol ko'ksumi - qalqonmi kerakdir? 

Boq,boq,mana turk tengizi toshqun qila qoldi, 
Turon yovini quvg'ali to'fonmi kerakdir? 

Turon, yigiting,barchaga boq,qalqdi oyoqg'a, 
Yurtda qorovul qo'yg'ali arslonmi kerakdir?

Onamni sog'indim

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 28.04.2017
  • Просмотры: 260
  • Коммент: 0

«Bir pasgina yonimda o‘tir, 
Bir kungina yotib ket, qizim» 
Atrofimda aylanib gir-gir, 
Takrorlardi onam shul so‘zin. 

-Bu gal, -derdim yuragim toshib, 
-Endi kelsam qolaman, ena... 
Shafqati yo‘q bu kunlar shoshib, 
Meni olib ketardi yana. 

Topganini tuguncha qilib, 
Qo‘llarimga tutqazar edi. 
Meni zo‘rg‘a bag‘ridan yulib, 
Mashinaga o‘tqazar edi. 

Bazmlarga topar edim vaqt, 
She’r o‘qirdim yona va yona. 
Davralarni bilar edim baxt, 
Sizga vaqtim yo‘q edi, ena. 

Siz tog‘imni cho‘ktirib qo‘yib, 
Ketar edim toqqa, lolaga. 
Sizga azob chektirib qo‘yib, 
Yayrar edim yashil dalada. 

Majnuntolday egdirib Sizni, 
Ketar edim ter ... Читать дальше »

Sog'indim

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 28.04.2017
  • Просмотры: 292
  • Коммент: 0

Sog‘inaman va bu sog‘inchdan 
Ruhim ma’yus tortib ketadi. 
Hijron esa yigit boshimga. 
G‘am yukini ortib ketadi. 

Kimdir ko‘nglim ko‘tarmoq bo‘lib, 
Dardim bilmay aytadi davo, 
Jilmayadi kiftimga qoqib, 
O‘kinma, der bu bir kam dunyo. 

Ko‘zlarimga ishora etib – 
Essiz yigit, deydilar pinhon. 
Bilmaydilar: ko‘zlar dard emas, 
Sendan ayru o‘rtaguchi jon. 

Kayga boqmay seni ko‘raman, 
Qayga bormay xayoling yo‘ldosh. 
Faqat o‘rning bosolmas, hatto — 
Qalbim ichra yoqsalar quyosh.

Hayot tashvishlari

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 28.04.2017
  • Просмотры: 590
  • Коммент: 0

Hayot tashvishlari chulg’ab boshimni, 
Sinamoqchi bo'lib sabr, bardoshimni. 
Goh sevinch, goh g’amdan to'ksa yoshimni, 
Sizni axtaraman, onajon. 
Nuroniy keksalar davrasin ko'rsam, 
Yurakda bir armon dardini tuysam, 
Bafurja kimgadir gapirmoq bo'lsam, 
Sizni axtaraman, onajon...

Jonimdan ortiq korgan insonimga maktubim

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 28.04.2017
  • Просмотры: 345
  • Коммент: 0

Salom begonam! Bu sovuq so’z bilan sizni atashimga majbur bo’lganimgayam mana 7 oy bo’libdi! Bugun nimagadir sizni judayam ko’rgim keldi!(boshqa vaqtda ko’rgim kelardi lekin, buni tan olgim kelmas edi) sizni bir marta ko’rish uchun agentda ismingiz va familiyangizni yozib poisk qildim va nihoyat topdim! Bundan maqsad sizni bezovta qilish emas, hech bo’maganda bir marta rasmingizni ko’rib sog’inchimni qondirmoqchi bo’ldim lekin, afsus buni teskarisi bo’lib chiqdi! Rasmingizga turmular ekanman ko’zimdagi yoshlarimni to’xtada olmadim! Nima qilay ayting[center] 
manga! Faqat rasmingiz ko’rmoqchi edim, lekin ovozingizni eshitkim keldi! Yana o’zimga o’zim faqat bir marta eshitamanu qo’yaman deb so’z berdimu, raqamizni shu kungacha unutishga harakat qilib, eslamasdim! Ammo hozir barmoqlarim nimagadir siz raqamlarizi tera boshladi! Ichimda qani endi boshqa kishi olib adashi ... Читать дальше »

Sevgi haqida qissa

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 28.04.2017
  • Просмотры: 332
  • Коммент: 0

Bor ekanu,yo'q ekan, 
Qadim, qadim zamonda, 
Foniy dunyo tomonda, 
Go'zal tuyg'u bor ekan. 

Barcha inson ko'nglida 
O'shal tuyg'u yasharkan 
Yuraklar bir bog' kabi, 
Go'zallikdan yashnarkan 

Yetti osmon ishvasin, 
Bog'i eram mevasin, 
Tatib lazzat olarkan, 
Davru davron surarkan, 

Inson umri nur to'la, 
Ertak kabi o'tarkan, 
Shirin o'yga ko'milib 
Tuyg'ular ju'sh urarkan. 

Yuraklar qanot yozib, 
Otashdek porlab yonib, 
Rohatga to'ymas ekan, 
So'ngisi kelmas ekan. 

Sevishganlar gulmisol, 
Barpo etib ko'rkamlik' 
Chehralari nurvisol 
Bahtli hayot kecharkan. 

Kecha,kunduz,oy,yillar 
O'tib asta or ... Читать дальше »

Muhabbat axliga fikrim

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 28.04.2017
  • Просмотры: 286
  • Коммент: 0

Shahar chiroyli kiyinib olgan. Bir qiz taksi to`xtatdi. Qo`lida chiroyli guldasta. Iltimos faqat tezroq haydang men tug`ilgan kunga kech qolayapman, soat 15.00 ga yetib borishim kerak. Bugun meni yigitimni tug`ilgan kuni. 
– xo`p singlim manzilni ayting. 
- ko`kcha qabristoni. Haydovchi oynadan qizga qaradi, qiz ko`zida yosh bilan yigiti bir oy oldin halok bo`lganini, kech tushiga kirib, meni sog`ingan bo`lsang ertaga 15.00 ga tug`ilgan kunimga kel, suhbatlashib o`tiramiz deganini aytadi. Yo`l tirband, soat 14.40 ulgurmaymiz singlim. –hechqisi yo`q u yog`i yaqin, piyoda yetib olaman deb tushib ketibdi. Yo`l ancha bo`shaganidan keyin haydovchi yo`lida davom etadi. K`kcha qabristoni oldidan o`tayotib yo`lda o`sha guldasta va yonida o`sha qizni mashina ostida avariya bo`lganini ko`radi. Soatga qarasa 15.00 –Ulgiribdi. Ammo…

1 2 3 ... 32 33 »