- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 449
- Коммент: 0
Tonglarim nurafshon buncha, nafasi yoqimli buncha, umrimda birinchi bora, yurakda misli bir g‘uncha. Tunlarim pokiza buncha, xavosi yoqimli buncha, yonimda uxlab yotganni, chiroyi xaloldir shuncha. Ul yorim chexrasinda, mexribon yurak namoyon, bag‘rimga bossamki uni , xislar bepoyon oshiyon Shuncha bor sevdim degandim, endi ayta olmay qoldim, xozirgi xislarimni, muxabbatdan ustun bildim. Ich-ichimdan toza tuyg‘u, kunlarim ozoda tuydim, umrimda birinchi bora, xalol sevganimni sezdim. Xozir qayt, bir quchoqlab, to‘yib olib, ketguncha vaqt. Keyin mayli, yo o‘tmishga, yo xotiraga qaytar bo‘lsang, bo‘ldi edi.. Xozir ko‘ray, bir ko‘zlarim, to‘yib olib, ketguncha vaqt. Keyin rozi, yo uzoqqa, yo ko‘z ko‘rmas bo‘lar bo‘lsang, bo‘ldi edi. Xozir kelgin, bir o‘pib, to‘yib olib, ketguncha vaqt. Keyin bo‘pti, yo unutmoq, yo nafratga qaytar bo‘lsang, bo‘ldi edi. Xozirgina, bir muddatga, sezay seni, to‘yib xidlab, bag‘rimda uzoooq quchsamu... Keyin mayli, sog‘inchlarim xarom bo‘lib, gunox bo‘lsa, bo‘l
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 497
- Коммент: 0
Turdixolning eri askarlikka ketdi-yu, qaytmadi. O’lik-tirigidan darak yo‘q. Yesir boshi bilan ko‘zining oqu qorasi bir o‘g‘il, bir qizini elga qo‘shaman, deb yoshini yashamay, yalmog‘izning singlisiday qaridi-qoldi. Bu orada ochiq boshi ne bir malomatlarga qolib, taqdirining issiq-sovug‘i yuziga chang solib, izg‘irin shamollari sochini yuldi. Yelkasidan qamchi yeb, tovoni yorildi. Ammo kimsaning eshigidan mo‘ralamadi, birovning o‘ngirini ushlamadiyam. Qizg‘aldoq – keng dara. Qishloqning kalulog‘i Turdixol, yemagi makkajo‘xori, no‘xat bo‘ldi. Og‘zi zog‘arayu yovg‘on oshga yetib turdi. Qizini nomusi, o‘g‘lini ori bildi. Tunlarni uzundan-uzoq ertak aytib tonglarga uladi. Ertaklarida yuragi yoldor botir yigit musofir yurtda adashib, o‘z tuprog‘iga qayta olmay darbadar kezdi, keksaymadi. Bitta, o‘nta, mingta ertak aytdi. Barchasida – shu ko‘zlari cho‘g‘ uzoq safardagi yigit! Sag‘irlarini dam-badam ilingan it qopib, eshak tepib turishi yetmaganiday toshga turtinib, kesakka suri
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 444
- Коммент: 0
Shaharning gavjum va sershovqin bozorlaridan biri. Ustiga uyum-uyum xurmolar terilgan bozor rastasi. O‘rtaliqdagi joylardan birida lab-lunjiga ayamay bo‘yoq chaplagan, qirq yoshlardagi to‘lagina juvon savdo qilmoqda. Qo‘li-qo‘liga tegmaydi. Xaridorlar biroz siyraklashgach juvon yonidagi sotuvchilar safiga kechagina qo‘shilgan odmiroq kiyingan tengqur ayolga yuzlandi. — Xurmongizdan bitta tatib ko‘rsam bo‘ladimi? U o‘ychan holatini buzmay tavakkal bir xurmoni olib uzatdi. — Yeb ko‘ring, judayam shirin. Uning ovozi siniq eshitildi. — Otingiz nima? — deb so‘radi u xurmoni ko‘ylagining yoqasiga artib ishtaha bilan tishlarkan, — mening otim Shohida. — Meniki Hayotxon. Hayotxon javob kutmay tez-tez gapirayotgan dugonasiga g‘alati qarab qo‘ydi. — Siz qishloqdan kelganingizni yashirmas ekansiz... — Nega yashirishim kerak?.. — Ayrimlar bor-da, shunaqa. O‘zini shaharlik qilib ko‘rsatgisi keladi. Lekin men unaqalarni bir qarash
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 728
- Коммент: 0
Sharshara dovonidagi hasharchilar o‘tovda tunab, ertasi ertalab Supa tekisligi orqali Baxmalga o‘tmoqchi edik. O‘ylaganimizdek quyosh botar-botmas dovonga yetib kelib, uch yuz metrlar chamasi balandlikdan tushadigan sharsharani tomosha qildik. Uzoq yo‘l yurib charchagan ekanmiz, shekilli, hammamiz barvaqt yotdik. Bunday havoda ikki soat uxlasang, bas, qushday yengil tortasan kishi. Men yarim kechadayoq toza havodan to‘yib uyg‘ondim. Tong yorishmay turib tashqariga chiqdim-da, sharshara tomon yurdim. Qarshimdagi qoyadan bir to‘p kaklik parillab osmonga ko‘tarildi. Ularning sayragan ovozi tog‘u toshda aks sado berib, darani yoqimli kuy egalladi. Kakliklar galasi qoyaning sharshara boshlanadigan joyiga borib qo‘ndi. "Ertalabki suvga tushibdi”, deya xayolimdan o‘tkazdim. Sharshara hayotning davomiyligini, inson qayerda va qanday holatda yashamasin, dunyoning hech kim o‘zgartira olmas qonunlari barcha uchun barobar ekanligini ta’kidlamoqchidek, tinimsiz sharqiraydi. Qoyalar ba
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 523
- Коммент: 0
Jimjit qishloqqa sukunatni buzib o‘xshovsiz bir devona oraladi. U bir marom va bir ohangda nimalardir deb jar solar, ora-chora jinko‘chaning ikki tomonidagi pastqam uylarga va undan ham pastqam eshiklarga ko‘z tashlab, go‘yo o‘z jariga javob kutar edi. Yer yuzida paydo bo‘lganidan beri qishloq bunaqa devonalarni, har turli kelgan-ketganni ko‘p ko‘rgan. Birda: "Qaychi-pichoq o‘tkirlayma-a-an! O‘roq-ketmon egovlayma-a-an!” deb charxchi jar solib o‘tadi. Qishloqda nima ko‘p, o‘tmas pichog‘u to‘mtoq ketmon ko‘p – bir zumda hammasi shaqir-shuqur qilib charxchining oldiga to‘planadi. Goho chegachi kelib qoladi: "Singan choynak-piyola chegalayma-a-an!” Qishloqliklar bolalarining qo‘llariga chaqa berib, singan choynak-piyola va kosa-laganlarini ko‘chaga chiqarishadi. Yana: "Jun olama-an!” degani qancha, "Uvada titama-an!” degani-chi! Boshqa kunlari qishloq qish bo‘lsa, qorasovuqdan diydirab, yoz bo‘lsa saratondan jizg‘inagi chiqib yotaveradi. Bahorda bir nafas oladi, kuzda bir nafas chi
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 653
- Коммент: 0
Kattalar menga shart qo‘yishdi. Ularning safiga kirish uchun uzun suv ilonini tutib, Qulmat oqsoqning bo‘yniga ilishim kerak. Bu unchalik qiyin emas. Qulmat oqsoq juda yuvosh chol. Birovga qattiq gapirmaydi. Ko‘zlari xiralashganidan katta ko‘zoynagini taqib, kulbasi atrofini aylanib yuradi. Orqasidan soyaday ergashib ketaversang ham sezmaydi. Yoki sezsa ham, e’tibor bermaydi. Shuning uchun uning bo‘yniga ilon ilish menga cho‘t emas. Ammo ilonni tutish kerak-da. To‘g‘ri, suv iloni chaqmaydi. Lekin chaqadimi, chaqmaydimi, baribir, u ilon-ku, turqi sovuq, ko‘zim tushishi bilan etim junjikib ketadi. Anhorga tikilib o‘ylanib qoldim. Agar shu ishni eplolsam, manavi ko‘m-ko‘k, tip-tiniq suvda kattalar bilan birga cho‘milish menga nasib etadi. — Qo‘rqyapsanmi, yigit? — dedi qo‘lidagi baliqni olovga tutayotgan Rahim aka irjayib. — Seni qara-yu, bizga qo‘shilishing uchun oddiygina shart qo‘ygandim. Uyaltirib qo‘yding-ku. Haliyam Qora g‘orga kirib chiqasan demaganimga shukur qil. Qo
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 531
- Коммент: 0
Ishxonaga eshikni taqillatib bir ayol kirib keldi. Yoshi ellik beshlar atrofida, uzun bo‘yli, qorachadan kelgan oddiy o‘zbek ayoli edi. – Keling, xolajon, marhamat o‘tiring. Xo‘sh, xizmat, – dedim unga. – Doktor bolam, shu yerda bir Ahmadjon degan massajchi yigit bor ekan. O‘sha yigitni qidirib keldim. O‘zini Oydinoy deb tanishtirgan bu ayolga, u izlagan massajchi yigit men ekanligimni aytganimdan so‘ng uning maqsadini bildim. Aytishicha, turmush o‘rtog‘i ikki yildan buyon betob bo‘lib qolgan, olib bormagan shifokori, ko‘rsatmagan kasalxonasi qolmagan. – Oxirgi olib borgan shifokorimiz uch oydan buyon erimga qarayapti, – dedi u. – Hozir ahvoli ancha yaxshi. Biroq shifokor menga aytdiki, erimga faqat ukol dori yordam bera olmas ekan. U kishiga massaj ham kerakligini bildirib, sizni tavsiya qildi. Shunga sizdan umid qilib keldim. Oydinoy xola gapini tugatar ekan yana bir marta "borasizmi”, deb so‘radi. Uning gapirishi, qarashlari, ko‘zlaridagi ma
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 546
- Коммент: 0
Anvar har kundagidan erta turib, apil-tapil kiyindi-yu ishga otlandi. Ortidan onasi Xolida opa javrab qoldi: — Hoy, o‘g‘lim, nima bo‘ldi senga, tong azondan turib, qayoqqa otlanding? Choy-poy ichib ket mundoq... — Ichgim yo‘q, oyi. Mayli, yaxshi qoling. Anvar shunday deya darvozani taraqlatib yopib ko‘chaga chiqib ketdi. U bekat tomon shoshilar ekan, "Ketib qolmagan bo‘lsin-da” deb qo‘ydi. Hali erta bo‘lgani uchun bekatda yo‘lovchilar kam. Shu payt birinchi avtobus kelib to‘xtadi. Hamma o‘zini ichkariga urdi. Ammo avtobusning Anvarga umuman daxli yo‘qdek atrofga olazarak boqardi. — Minmasangiz, anqaymay chetga o‘ting, uka, xalaqit bermay. Bola ko‘targan o‘rta yoshlardagi ayolning zardali so‘zlaridan og‘ringan Anvar sekin chetroqqa o‘tdi. Xayolida "Nahotki, ketib qolgan bo‘lsa. Aniq ketgan, har lahzada bitta taksi bo‘lsa”, degan o‘ylar g‘ujg‘on o‘ynardi. Uning atrofga umidsiz boqayotgan ko‘zlari birdan charaqlab ketdi. "Ana u” Shundoqqina
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 624
- Коммент: 0
Saodat aya bomdod namozini o‘kib, joynamoz poyida uzoq o‘tirib qoldi. Bundan uch yil oldin olamdan o‘tgan eri usta Turobga atab Qur’on tilovat qildi. O‘ris shaharlarida daydib qolib ketgan o‘g‘li Bo‘rixonga xudodan insof tiladi. Baxti ochilmay, guldek umri xazon bo‘layotgan qizi Qumriga achinib, shu farishtaginaning yo‘lini och, deb Allohga iltijo qildi. Kampir har sahar ichki bir ezginlik bilan shu gaplarni takrorlardi. U qo‘l cho‘zib, joynamozning bir burchini qayirib o‘rnidan turdi. Sentyabr oyoqlab, suvlar tiniqqan, ariq tublaridan bola-baqra tashlab yuborgan piyolami, choynak qopqog‘imi, qoshiqmi shundoqqina ko‘rinib turibdi. Qirg‘oqlar zax tortib, ekin-tikin suv so‘ramay qo‘ygan palla. Qo‘shni hovlilardan maktabga ketayotgan bolalarning injiqliklari, xarxashalari, onalarning yalinib-yolborishlari eshitilib turibdi. Kampir bu tovushlarga bir dam quloq tutib, boshini tebratib, kulib qo‘ydi. Saodat yoshligida juda chiroyli qiz bo‘lgandi. Sochlari taqimini
...
Читать дальше »
|