- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 384
- Коммент: 0
Yakkayu yolg‘iz o‘g‘lini uylantirib, el og‘zida doston bo‘lgulik to‘y o‘tkazib, kerilib yurgan Shoiraxon endi uyatdan lov-lov yonayapti. Ichiga chiroq yoqsa yorishmaydi, bir so‘z kam, ikkitasi ortiqcha. Kelinlik sarupolarini kiyib, kuni kecha mana shu uy ostonasidan kirib kelgan kelininiku ko‘rishga ko‘zi, otishga o‘qi yo‘q. To‘ydan bir kun o‘tib, saharmardonlab uyg‘ongan Dilafro‘z hovlini chinniday qilib supurishni, sarishtalashni ko‘zlab eshikka chiqdiyu, o‘zidan avval uyg‘ongan qaynonasini ko‘rib, xijolatdan yuzlari olov olib ketdi. U qaynonasiga salom berib, supurgini izlashga tushdi. Kelinchakning u yoqdan bu yoqqa besamar qatnab, nimanidir qidirayotganini anglagan Shoiraxon ovoz berdi: - Supurgini izlayotgan bo‘lsangiz, huv ana, o‘rikning tagiga bostirib qo‘yganman. Buni qarangki, kelinchak yana o‘z bilganidan qolmay, boshqa joylarni tintishga tushib ketdi. Ana shunda Shoiraxonning ichi o‘t oldi: «Bu ipirisqi halitdan meni kalaka qilyaptimi?
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 411
- Коммент: 0
Yomg‘irli kunlar uzayib ketdi. Bahor oyi boshlangan bo‘lsa-da, qishning qahri kesilmagandi. Bog‘dan eshitilib turadigan qushlarning ovozi ham siyraklandi. Sakkizinchi qavatning oynavand ayvoni raxiga qo‘ngan bir-ikki qush to‘kilgan non ushoqlarini tez-tez cho‘qilaydi-da, boshini yelkalari orasiga olib, xomush tortadi. — Jonivorlar yegulik topolmayaptimi, deyman, — buvim qushlarni uchirib yuborishdan cho‘chib ayvonga to‘shalgan ko‘rpachaga astagina o‘tiradi, — yomg‘ir ham ezib yubordi. Onam endi qushlarga ko‘proq urvoq qo‘yadigan bo‘ldi. Barvaqt turib kuzatsam, to‘rt-besh kabutar bir-birini itarib donlashardi. — Yaqinlashma, bolam, hurkitib yuborasan, — buvim o‘tirgan joyida qo‘li bilan meni yoniga imladi: — otang yoshligida rosa kaptar boqqan — butun boshli tomning bo‘g‘otiga in o‘rnatgan. Har yili sandiq-sandiq bug‘doy edirardi. Bu qush o‘zi mushtdekkina bo‘lsayam, uch-to‘rttasi dunyoni donini ko‘rdim, demasakan. — Bizlarga adam bu haqda hecham gapirmaganla
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 475
- Коммент: 0
Bu yerda kimlar bo‘lmagan... Qora moyga belangan shpallar nimalarni eshitmagan... Oh-faryod, hayqiriq, quvonch bilan aytilgan har bir so‘z huddi qora moy singari ana shu yo‘l, ana shu ko‘hna bino bag‘riga singib ketgan. Yo‘l ham, bino ham jonsiz. Ammo u ko‘p voqealarning guvohi. Dahshati kishini larzaga keltiruvchi har qanday voqea ham ular uchun parovoz qichqirig‘iday oddiy bir narsa bo‘lib qolgan. Shuning uchun ham bu mung‘aygan bino, qoramoyga belangan yo‘l jim... Birinchi hikoya: 1942 yil. Asqarxo‘janikida to‘y tarqashi bilan Nafisa o‘g‘liga aza ochdi. "Qo‘shnimning to‘yiga zomin bo‘lmayin”, deb qoraxatni yashirib, yonib-kuyib yurgan ona qalbida yig‘ilib qolgan dardini endi yig‘i bilan chiqarardi. Hozirgina to‘yxonadan chiqqanlar, endi qo‘shni eshikka azaga kirdilar... Polvon tog‘a fotihaga kelganlarni o‘zi kutdi. Muborak ham Nafisaga dalda berib o‘tirib, qosh qoraymay uyiga qaytdi. O‘ng qo‘shninikidagi to‘y, chap qo‘shni
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 432
- Коммент: 0
1.Arqon uzildi Bahor... Yonoqlarni mayin shabada silaydi. Daraxtlarning yosh surxlari qiyg‘os gullar ichida – oq zarga botirib olinganday... Huv anavi do‘nglikdagi maysazorga bir qo‘y bilan echki bog‘lab qo‘yilibdi. Echkining ikki uloqchasi dikir-dikir sakraydi. Qo‘yning ham qo‘zichasi bor. Uloqchalar bilan yayrab, yugurishib yuribdi. Shunchayam do‘mboqki... Sakrashganini, yayrashganini ko‘rib, ular bilan birga o‘ynagisi keladi kishining... Bir mahal nimayam bo‘ldi-yu, o‘ynashibmi yo talashibmi, qo‘zichoq uloqcha bilan kalla qo‘yisha ketdi. Ona qo‘y "bo‘ldi, sho‘xlik qilma”, deganday ma’rab qo‘ydi. Qo‘zichoq esa parvo qilmadi. Ona echki ham maysadan boshini ko‘tarmay me-meladi. Bolachalar yana hazillarini qo‘yishmadi. Shunda qo‘y cho‘zib ma’radi. Bolasiga intildi. Lekin bo‘ynida arqon – qo‘ymas edi. Qo‘zichoqni ikki uloq o‘rtaga olib, goh unisi, goh bunisi turtar, uni ranjitardi. Ona qo‘y chidab turolmadi. U yer depsinib bolasini "odobsizlar” ozoridan qutqarishga in
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 452
- Коммент: 0
Bu bola keyingi paytlarda mutlaqo o‘zgarib ketdi. Darsga ham, yo‘qlab kelgan jo‘ralari-yu, uy yumushlariga ham e’tibor bermaydi. Shodiboy o‘g‘lidagi o‘zgarishni payqasa ham, u hozir shunaqa o‘tish yoshida, degan o‘y bilan beparvoroq tutdi o‘zini. Ammo bir kuni ko‘chada yuzlashib qolgan o‘g‘lining domlasi masalaga oydinlik kiritdi-qo‘ydi: – O‘g‘lingizda o‘qishga umuman xush yo‘q. Dars vaqtida ham, tanaffusda ham qandaydir rasmga tikilib o‘tiradi. O‘qituvchi u yoqda tursin, o‘rtoqlari bilan ham gaplashgisi kelmaydi. Obbo, bola tushmagur-yey, gap bu yoqda ekan-da! Maktabni tamomlamay... Shu bugun o‘g‘lining qo‘yniga qo‘l solib ko‘radi. Albatta, bunaqa nozik masalada jahldorlik joiz emas. Shundoq ham Shavkatning rangi bemor odamdek kundan kunga sarg‘ayib borayapti. Xonasida tonggacha chiroq yoniq turishining sababi ham ayon bo‘ldi endi. Nahotki u shuncha vaqt bir suratga termulib o‘tirsa?! Oqshom mahali kechki ovqatdan so‘ng ancha taraddudlangan ota baribir o‘g‘liga so
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 401
- Коммент: 0
Erta tong. Sabolar hali xazon rang yopinchig‘ini egniga ilmagan daraxtlar bargini u yoqdan bu yoqqa tortqilaydi. Qushlar chug‘uri tong otmay turib yer-u ko‘kni tutgan. Go‘yo, bugungi kunni hammadan ilgari ular bayram qilishga shaylangandek. Rayhon hidi tutgan hovlida odatiy kun yumushlariga ko‘milib, ahyon-ahyonda ayvon tomon yurib, devorga ilingan soatga ko‘z tashlab qo‘yaman. Oltinga teng vaqtimni o‘g‘irlashga bekor uringan tashvishlarni yo‘qlikka mahkum qilib bo‘lgach, ohista qadamlar ila uyga kirib, kichkintoyimning yotog‘iga tikilib turaman. Shunchalar shirin uxlayapti-ki... Bunchalar sizga o‘xshamasa?! Quyib qo‘ygandek o‘zingiz... Uyg‘otishga ko‘zim qiymaydi. Uning tepasida hayol surib turarkanman, ko‘nglim buzilib, ko‘zlarimga yosh keladi. Ko‘zlarimdagi yoshni yashirmasam, hozir u uyg‘onib, ko‘rib qoladigandek, ortimga o‘girilaman. Sezgilarim aldamaydi. Ortimga o‘girilishim bilan, uning yoqimli ovozi eshitiladi: - Oyijon, bayramga kech qolmadimmi?
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 418
- Коммент: 0
Manavi yerda, oynaning oldida men o‘tirardim. Barcha o‘tkinchilar meni tanishardi. Shu yerdan bola-baqralarga baqirib qo‘yardim. Kechqurunlari qizim xabar olgani kelardi. Nabiram esa tug‘ilganidan buyon doim men bilan birga edi. Agar men bo‘lmaganimda, uning tirik qolishi dargumon edi. Ko‘z ochib yumguncha katta bo‘lib qolganini qara-ya! Ovqat pishirib, uning maktabdan kelishini kutib o‘tirardim. Bu mening kvartalim. Bolalarim shu yerda dunyo yuzini ko‘rishdi, erim narigi dunyoga ravona bo‘ldi. Bizga dam-badam turar joyimizni o‘zgartirib turishga to‘g‘ri kelardi. Bizga yashash nasib qilgan kulbalar hali-hanuz qilt etmay turibdi. Faqat ularda endi boshqa baxti qarolar istiqomat qilishadi. Mazkur uy-kulbalarda mening ham nomi nishonim yo‘q. U yerda hech kim meni kutmaydi ham. Darvoqe, men u yerda ham hoziru nozirman. O‘sha xonalarda, xohlasam hammasida birdan bo‘lishim mumkin. Oshxonada ovqat tayyorlayman. Mana, bir oz orom olgani yonboshladim. Charchab, oyna qarshisiga dam olgani o‘tird
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 425
- Коммент: 0
U ayol goh-gohida ishxonamizga kelib turardi. Balki uni shunchaki ayol desam, biroz yoshi o‘tinqirab qolgandek taassurot uyg‘otar sizda. Chunki, ayol deyish nisbiy tushuncha. O‘n yetti yoshli qizni ham, yetmish yoshli onaxonni ham ayol deyish mumkin. Shuning uchun ham uni ayol emas, juvon deyish ma’qulday. Qolaversa, madaniyroq. Ishqilib, juvon haqida ishxona xodimlarining birortasida tugal, aniq fikr yo‘q edi. U kelardi, hazil-huzul qilardi, ketardi. Kompyuterda o‘tirib nima ish qilishini ham hech birimiz bilmasdik. O‘sha kuni u ancha vaqt ushlanib qoldi. Tumandan qatnab ishlagani uchun ishdan ertaroq chiqib, uyiga qaytishi kerak. Aytgancha, uning eri yo‘q edi. Demak, juvon haqida nimanidir bilardik. Qolaversa, yuzlari shevada aytganda biroz qorashirg‘ay, sochlari esa jingalakka moyil, doimo yasan-tusan qiladi, bo‘yi ham kaltaroq. Juda ko‘p kulardi. Tushunish qiyin, ko‘p kuladigan odam haqida har xil xayolga borish mumkin: u sizdan nimanidir yashirayapti, siz bilan qalinlashish
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 411
- Коммент: 0
–Dada, oyim nimaga uyg‘onmayaptilar? Jajji bolakayning savoli shundoq ham siqilib turgan dadasining yuragini ezdi. O‘g‘lini tizzasiga o‘tqazdi-da, peshonasidan o‘pdi. –”O‘g‘lim oying, rosa charchagan. Endi bir-necha kun uxlab, yaxshilab dam olishi kerak” Bolakay indamadi. Besh yoshli bolakay onasining og‘ir kasalligini ancha oldin fahmlagandi. Shifoxonaga dadasi ko‘rishga olib borganida, oyisi uni quchib rosa yig‘lagandi. Dadasi oying tuzalib ketadi, keyin shifoxonadan javob berishadi degandi. Oyisi uyga qaytganida, bola "oyim tuzalibdilar”, deya rosa sevingandi. O‘y-hayollari o‘zidek sof murg‘ak bola oyisiga boshqa sababdan javob berib yuborishganlarini bilmasdi. Har kungidek o‘rniga yotarkan bolakay osmonga qarab qo‘lini cho‘zdi: –Oyimni tuzalishiga yordam ber, Xudojon Bir necha kun o‘tgach tunda uyg‘onib ketdi. Pildirab koridorga chiqdi. Dadasi balkonda sigaret chekib, kim bilandir telefonda gaplashardi. Bolakay dadasining hamma gaplariga ha
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 532
- Коммент: 0
Kechki ovqatdan so‘ng bir dasturxon atrofida o‘tirishgan oila a’zolari birin-ketin tarqalisha boshladi. Qaynona nevarasini qo‘liga oldi, xushro‘ygina kelin idish-tovoqlarni ko‘tarib, oshxonaga o‘tib ketdi. Sochlariga oq tushgan, baland bo‘yli, qorindor, yillar zahmati va bedor o‘tgan tunlardagi mutolaalar natijasi o‘laroq, qoramtir yuziga ajin tushib, eti biroz salqigan, oynak taqqan ko‘zlarida horg‘inlik bilan shijoat uyg‘unlashib, allaqanday mungli va sinovchan boquvchi Mahkam Murodovich divanga o‘tib, biroz yastanib o‘tirdi-da, televizor pultini olib, bir-ikki kanallarni tekshirib ko‘rdi. Aksariyatida ko‘ngil ochar dasturlar: tabrik va e’lonlar, kontsert, kechki teleseriallar... Nafaqaga chiqqaniga yetti-sakkiz oy bo‘lgan, shundan beri fakultet dekanining iltimosi va shogirdlarining talabiga ko‘ra, bitiruvchi kurs talabalariga haftada bir marta, atigi bir para ma’ruza o‘qib keladigan Mahkam Murodovich telekanallardan o‘zi istagan ko‘rsatuvni topolmay, soatiga bir qarab qo‘ydi
...
Читать дальше »
« 1 2 ... 29 30 31 32 33 » |