G'urur

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 391
  • Коммент: 0
Yoshi oltmishlardan oshgan, gardishi va oynasi qalin ko‘zoynagiyu sarg‘ayib ketsa ham boshidan tushmaydigan Marg‘ilon do‘ppisi bilan qishloqqa taniqli bo‘lgan Tohir domla endi yangi nom bilan odamlarning og‘ziga tushdi: uning to‘qqiz yashar nevarasi to‘p o‘ynatib, antiqa hunarlarni ko‘rsatayotganmish! Eng qizig‘i deng, nevarasiga Tohir domlaning o‘zi o‘rgatayotganmish! Umrida oyog‘i to‘pga tegmagan odamning bu ishi ko‘plarning hayratini oshirdi. Qishloq guzaridagi qassobxonadan go‘sht olayotganda Tohir domla: "Endi, ukam, bu bollar "zborniy” deganini onasini Uchqo‘rg‘ondan ko‘rsatib qo‘ydi! Bir mundog‘roq to‘p tepadigan, iligi baquvvatrog‘i bormi o‘zi! Ilgari bizzi davrimizda mahallamizdagi bollar tepadagi mahallaga yutqazib qo‘ysa, kechasi bilan uxlolmay, to‘lg‘onib chiqardi! O‘zicha bir-ikki pint o‘rganib, yutmaguncha qo‘ymasdi. Bu yilgi o‘yinlarni ko‘rdimu mana bu yerim kuyib ketdi”, — u shunday deb chap ko‘kragiga urib qo‘yibdi. "Endi-i, shu desang, haqiqiy o‘zbekning bolasini pitb ... Читать дальше »

Surat

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 647
  • Коммент: 0
O‘smir o‘n oltiga qadam qo‘ydi. Beqaror hayot, mo‘‘jizakor tabiat boshqacha ko‘rina boshladi. O‘zini tushunadigan odamning suhbatiga intiq bo‘la boshladi. Kim bo‘lsa ham mayli... Lekin kim u? O‘nidagi odamlarmi? Ular beparvo, loqayd. Tiriklik tashvishlariga ko‘milib qolishgan. Tengqur o‘rtoqlari, sinfdoshlarimi? Yo‘q...
Kundan-kunga o‘jarlashib, odamoviga o‘xshab qoldi. Faqatgina kitoblar uning sodiq sirdoshi, ajralmas hamrohi edi. U stol ustida turgan «Fizika»ga qarab qo‘ydi. O‘ta murakkab, qora harflarga burkangan fizika qonunlari u o‘qigan ajoyib fantastika olamiga ko‘pam yaqinlashavermasdi.
Eynshteyn... «Tabiatdagi hamma narsalar nisbiydir. Borliq nisbiy...». U qachon buni sezib qolgan, qay holatda iqror bo‘lgan?
U o‘zi kashf etgan olamda tanho edi...
U stol ustiga kaftlarini tiragancha hovliga nazar tashladi.
Bu uy to‘satdan kirib qolgan odamga sirli qasrday ko‘rinishi shubhasiz. Otasi rassom edi. Rassom bo‘lgandayam dong‘i ketgan, taniqli rassom ... Читать дальше »

Qo'msash

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 521
  • Коммент: 0
Kech kuz edi. Adirdagi o‘tlar xuddi bahordagidek yam-yashil. Yantoq va karrakning dimiqqan hidini sezish qiyin emas. Ayniqsa, burganning buyi uni o‘ziga jalb etdi. Burgan unga otasini eslatardi...
U soy yoqalab ortidan bolalarini ergashtirganicha tog‘ tomon yura boshladi. Havo ham yaxshigina edi. Qo‘y-qo‘zi, ot, sigirlar adirda o‘tlab yurishardi. Jonivorlar undan hurkmasdi ham.
U bir paytlar mana shu yo‘llardan ko‘p qatnagan. Eshak minib tog‘dan, adirdan uyga tezak, o‘t-o‘lan, xasu xashak tashigan edi.
Yerni bosar ekan, chimning yumshoqligini, o‘tning mayinligi ham unga esh bo‘layotganini sezdi. Tog‘ning eng baland cho‘qqisiga chiqqanida o‘zida charchoq sezdi. Bolalari esa qichqirib o‘ynashardi. Nafasini rostlab olish uchun yerga o‘tirib oldi. Tanida rohat sezdi. Dimog‘iga allanechuk tanish hid urilgandek bo‘ldi. Ko‘ngli o‘rtandi. Atrofida uloqchalar dikonglab o‘ynab turibdi. Nariroqda sigirlar kavsh qaytarib, uni kuzatardi. Bu yerdan tevarak-atrof – butun qishloqn ... Читать дальше »

Alvido, Go'zallik

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 614
  • Коммент: 0
Saksoninchi yillarning oxirlari edi. Sahro oxir-oqibat baribir yana sahroga aylanadi, degan gapda haqiqat unsurlari bor shekilli, keyingi yillarda choʻlning qoq kindigiga joylashgan qishlogʻimizdan fayz ketdi. Bu narsa avvalo hosildorlik pasayib ketganida koʻrindi. Keyin esa gurkirab oʻsib turgan daraxtlar asta-sekin soʻla boshladi.
Keksalar sizot suvining yer sathiga koʻtarila boshlaganini aytishdi. Dar-haqiqat, ayniqsa kuz paytlari yer usti xuddi tuz sepib chiqilganday oqarib qolardi. Xullas, yer shoʻrlamoqda edi.
Ovulimiz uch-toʻrt yil ichida ancha huvillab qoldi. Sarmoyasi borlar shaharga koʻchib ketishdi, eplaganlar esa yana togʻdagi asl qishlogʻimizga. Uylar narxi ham birdan arzon boʻlib qoldi.
Shu zaylda tirikchiligimiz asta-sekin, anchayin zerikarli tarzda oʻtib bormoqda edi. Men tezroq maktabni bitirishni va biron institutga kirishni, ishqilib, bir amallab qishloqdan chiqib ketishni orzu qilib yurardim.
Ovulimizning aksariyat erkaklari ichishni yaxs ... Читать дальше »

Armonga aylangan orzu

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 559
  • Коммент: 0
«Hammasiga oʻzim aybdorman,»deb oʻyladi Oʻroq ovchi. «Unisi boʻlmasa, boshqasi bor edi-ku?! Nega unga uchdim. Qaddi-qomatigami, husn jamoligami yoki boshqa joyigami... Qiz zotiga qirgʻin kelmagandi-ku! Nega endi Nuqraga duch keldim...»
Qizi tushmagur ham noz qilib oʻtirmadi, birdaniga rozi boʻla qoldi. Ammasining oʻgʻliga bir paytlari beshikkerti qilinganligi ancha keyin aniqrogʻi, toʻydan soʻng ma’lum boʻldi.

Oʻroqning boshini ham boʻldi. Xotiniga hech narsa demadi. Taqdiriga tan berishdan boshqa chorasi yoʻq edi. Beshikkerti qilingan yigit hamiyatiga tegmagan boʻlsa-da, lekin Oʻroqning oriyati qoʻzidi. Ma’lum boʻlishicha, Nuqraxon ham bir paytlari yigitga roʻmolcha berib, uni oʻz suhbatidan bahramand qilgan ekan.

Oʻroqning dardi ichida. Hech kimga ayta olmadi-yu lekin oʻrtanchi oʻgʻlidan shubha qila boshladi. Aslida bu shubha uning gumonalik lahzalaridanoq paydo boʻlgandi. Bola yengil edi. Solishtirib qaralsa, uning hech bir joyi otasiga oʻxshamasdi. ... Читать дальше »

Laylakqor, azizim

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 442
  • Коммент: 0
Yanvar oyidagi quruq ob-havo fevral kirishida ham o'zgarmadi. Yangi yilni ichki bir dilgirlik bilan qorsiz kutib olsak ham, ko'nglimizda hali ikki oy qish fasli bor-ku, degan umid yoʻq emasdi. Qishning so'nggi oyi qisqa bo'lgani uchunmi, kunlar ham bir tutamdek tuyulardi. Hademay bahor va uning birinchi kunidan Ojiz momo eshik qoqib turadi. Ojiz momo nari borsa, bir hafta, oʻn kuncha hukmronlik qiladi, xolos. Lekin irim-sirimlarga ishonadiganlar shu kunlari yuvinishmas, hatto bosh ham yuvishmas ekan. Ojiz momo havoni isitib, birdan izg'irinni ufurib yuborsa, bosh yuvgan odam qaltiroq bo'lib qolarmish. Hatto saratonda ham qalt-qalt titrab, sovuq urgandek, tomirlaring tortishaverarkan. Ayniqsa, Ojiz kampirdan singlim Chinnixol o'lgudek qo'rqadi. Ojiz momo kunlarini kalendardan topib, qizil to'rtburchakning ichiga olib qo'ygan.

Bizning Chinnixol o'zicha shoira. Rayonimizning «Bayroqli Oktyabr» gazetasida shapaloqdek surati va «Buvim 80 yoshdalar» degan she’ri bosilibdi. Kasal ... Читать дальше »

Ayo, ishq

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 582
  • Коммент: 0
Odatda yakshanba kunlari allamahalgacha uxlardim. Bu safar negadir erta uyg‘onib ketdim. Tong yorishgan bo‘lsa-da, hali quyosh ko‘tarilmaganidan uy ichi nim qorong‘u, lekin kichkina derazadan ko‘kish-oq osmon ko‘ngilga ajib oydinlik baxsh etib, jilmayib turganday. Bu yerga kelganimga bir hafta bo‘lganiga qaramay, bunaqa manzarani hali biror marta kuzatmagan edim. O‘qishga boradigan kunlarimda erta tursam ham, bugungidek osmonga qarab o‘tirmasam kerak-da. Chunki darsga otlanishdan oldin yuvinish zarur, so‘ng nonushta deganday, kiyim-boshlarni tartibga solish esa men kabi cho‘ntagida hemiri yo‘q tolib uchun yashashning, tag‘inki, yoqimli yashashning eng muhim vositasidir. Shunaqa ekan, osmonga qarashu uning rangini aniqlashga vaqtim bo‘larmidi. Va eng asosiysi shuki, hech qachon bugungidek yengil, orombaxsh holatda uyg‘onmaganman, shuurim bu qadar oydinlikka ro‘para kelmagan.

Ana, qandaydir qush sayray boshladi. Avvaliga men bu qush miyamda sayramayaptimi, deb o‘yladim. Bir ... Читать дальше »

Bilaman, shu kun keladi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 456
  • Коммент: 0
Bir kun tongda uyg‘onganimda, telefondan ko‘nglim qolganida, befarq uyg‘onib jilmayganda, sen borligingni bildirarsan. Farqsiz, sms yo qo‘ng‘iroqmi, javob berilmagan chorlovmi, shunda bilaman shu kun yetdi: sendan shu bugun men ozodman!

Bir kun tongda uyg‘onganimda, telefondan ko‘nglim qolganida, befarq uyg‘onib jilmayganda, sen borligingni bildirarsan. Farqsiz, sms yo qo‘ng‘iroqmi, javob berilmagan chorlovmi, shunda bilaman shu kun yetdi: sendan shu bugun men ozodman!
Bir kun atrofim shovqin payti, shodon zavqlanib kulganimda, xayollar yo‘q, xislar xam yo‘q, shu onda sen bir ko‘rinarsan. Qiziqmas, qandaysan kim bilan, o‘zgargan yo o‘sha-o‘shami, shunda bilaman bugun shodu-xurramman; sendan men ozodman, ozodman-OZOD!!!

Shu kun keladi zim-ziyo tunda, xammaga qop-qora menga nurafshon, birdan borliging sezdirarsan. Baribir, uchgan yulduzdanmi, farqsiz, eshtilgan navodanmi, qiziqmas, tanish ifordanmi, u senmi yo boshqa, farqi yo‘qdir, shu tun men yolg‘iz em ... Читать дальше »

Hamma Hammasi yodimda

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 436
  • Коммент: 0
Bilmam qancha vaqt o‘tdi, kunlar quvlar oylarni, mexmon bo‘lib fasllar, necha bor qaytib ketdi. Faqat aniq bilganim, sezganimu tuyganim, o‘sha falak yorishib, tonglar otar bo‘lganda, yoki tunlar oromin birga quchib turganda, xar doim, xar xolatda, xamma xammasi yodimda.

Bilmam endi qaydasan, o‘zimniku topolmay, mexmon bo‘lib boshqalar, necha bor qaytib ketdi. Faqat aniq quchganim, sevib turib yonganim, o‘shal shirin azobim, bir on yasholmaganda, yoki izlab qolganda, jonim manim deganda, bir seskanib qolganim...xamma xammasi yodimda! Sen rostmiding yoki tush, balki yolg‘onchi bir qush, mexmon bo‘lib gumonlar, necha bor kelib ketdi. Faqat bir ishonganim, ertagimu qissam xam, o‘sha qo‘shiq tinganda, yo qaytadan qo‘yganda, navosida bir erib, xotiraga cho‘mganda... Yurakkinam ezganim... Xamma xammasi yodimda!

Bilmam qancha vaqt o‘tar, armon yillarni quvlar, mexmon bo‘lib ko‘z yoshlar, necha bor qaytib ketdi. Faqat aniq kutganim, xayajonim qo‘rqqanim, istalmagan orz ... Читать дальше »

Nechun ishqim chiroyi, bunchalar zaharlaydi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 506
  • Коммент: 0
U tongdek yashardi, men esa tundek. Aslida xam u tong ediyu, men esa kecha. Birga tong bo‘la oldik, xatto kunduz xam. .. Lekin tun emas birga.Men xanuz tunman, u esa tong.

U xanuz kimlarda, men esa yolg‘iz...

Bag‘ri dilim qon bo‘ldi, xalovatim topsaydim, tog‘da qirlar bag‘rida, lolalarni quchsaydim. Bag‘rimdagi qonlarni xovurini bossaydi , lolalarning rangidan qayg‘u rang yo‘qotsaydi... Ko‘chada uchraganni, g‘irt begona bo‘lsa xam, bir qo‘choqlab yig‘lasam, ovunarmi bu dardim. Dushmanimni uyiga ko‘tarib borsam dardim, o‘z do‘stimga sig‘magan ovunarmi qayg‘uim... Menga bugun azizroq, meni yomon ko‘rganlar, urishsin xo‘rlasinlar, axmoq sevgi shaydosin. Ilonlarning zaxridan orom olar xoldaman, bugun senga dardlarim ravo ko‘rmay dushmanim. Bugun kular ustimdan dushmanimmas do‘stlarim, egildi mag‘rur boshim, muxabbatning zaxridan. Qayga qochib ketsaykim, xamma bo‘lsa begona, bugun menga azizroq, men bilmagan oshiyon. Bugun menga yaqinroq dardirsar Majnun cho‘li, en ... Читать дальше »
« 1 2 ... 30 31 32 33 »