Bir kun tongda uyg‘onganimda, telefondan ko‘nglim qolganida, befarq uyg‘onib jilmayganda, sen borligingni bildirarsan. Farqsiz, sms yo qo‘ng‘iroqmi, javob berilmagan chorlovmi, shunda bilaman shu kun yetdi: sendan shu bugun men ozodman!
Bir kun tongda uyg‘onganimda, telefondan ko‘nglim qolganida, befarq uyg‘onib jilmayganda, sen borligingni bildirarsan. Farqsiz, sms yo qo‘ng‘iroqmi, javob berilmagan chorlovmi, shunda bilaman shu kun yetdi: sendan shu bugun men ozodman!
Bir kun atrofim shovqin payti, shodon zavqlanib kulganimda, xayollar yo‘q, xislar xam yo‘q, shu onda sen bir ko‘rinarsan. Qiziqmas, qandaysan kim bilan, o‘zgargan yo o‘sha-o‘shami, shunda bilaman bugun shodu-xurramman; sendan men ozodman, ozodman-OZOD!!!
Shu kun keladi zim-ziyo tunda, xammaga qop-qora menga nurafshon, birdan borliging sezdirarsan. Baribir, uchgan yulduzdanmi, farqsiz, eshtilgan navodanmi, qiziqmas, tanish ifordanmi, u senmi yo boshqa, farqi yo‘qdir, shu tun men yolg‘iz emasligim, shu tun men baxtli ekanligim, yana asir ekanimni xam ko‘rib qolarsan bir chetdan. Ozod emasman lek baxtliman, asirman lekin sengamas, xuzurim boshqa iforidan, kutarman o‘zga raqamlarni. Boshqa tarona tariximda, yangi yulduzlarni etarman kashf, yo‘llar yangicha, o‘zga manzaralar, o‘zgardim ; tabassum arimaydi!
Bugun....
Bugun uyg‘ondim yana tunda, nigoxim izlar telefon, g‘amim yagona-bu sog‘inch, sen yo‘qliging bilan eslatarsan... Xech bo‘lmasa sms bormikan, yo men eshitmagan qo‘ng‘iroq, shunda bilaman men kasalman... xanuz baxtsizlik asiriman...
Bilaman shu kun keladi.... bir kun tongda uyg‘onganimda... ...