Nechun ishqim chiroyi, bunchalar zaharlaydi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотров : 507
  • Коммент: 0
U tongdek yashardi, men esa tundek. Aslida xam u tong ediyu, men esa kecha. Birga tong bo‘la oldik, xatto kunduz xam. .. Lekin tun emas birga.Men xanuz tunman, u esa tong.

U xanuz kimlarda, men esa yolg‘iz...

Bag‘ri dilim qon bo‘ldi, xalovatim topsaydim, tog‘da qirlar bag‘rida, lolalarni quchsaydim. Bag‘rimdagi qonlarni xovurini bossaydi , lolalarning rangidan qayg‘u rang yo‘qotsaydi... Ko‘chada uchraganni, g‘irt begona bo‘lsa xam, bir qo‘choqlab yig‘lasam, ovunarmi bu dardim. Dushmanimni uyiga ko‘tarib borsam dardim, o‘z do‘stimga sig‘magan ovunarmi qayg‘uim... Menga bugun azizroq, meni yomon ko‘rganlar, urishsin xo‘rlasinlar, axmoq sevgi shaydosin. Ilonlarning zaxridan orom olar xoldaman, bugun senga dardlarim ravo ko‘rmay dushmanim. Bugun kular ustimdan dushmanimmas do‘stlarim, egildi mag‘rur boshim, muxabbatning zaxridan. Qayga qochib ketsaykim, xamma bo‘lsa begona, bugun menga azizroq, men bilmagan oshiyon. Bugun menga yaqinroq dardirsar Majnun cho‘li, endi bildim ne uchun cho‘lni istar dard yurak. Dardlarimni cho‘llarda olovlatib qutulsam, sovug‘i bas kelmagan issig‘ida yonsaydim. Sevgidan zada bo‘ldim, chidolmasman zaxriga, bugun menga yaqinroq dushmanimning xo‘rlashi. Uning zaxri yo‘q aslo, qalbimdan ololmas joy, xo‘rlab kular balki xam, yuragimni olomas. Nechun sevgim shodligi, atrofga bayram berdi, nechun uning qayg‘usi olamni motam etdi. Nechun ishqim chiroyi bunchalar zaxarlaydi, nechun sevgim nigoxi meni bemor aylaydi, boshqalarga bilinmas, menga esa bir olam, sening bir tomchi yoshing, mening uchun jaxannam... Menga yana yaqinroq bu otashin olovlar, sevganimga atalgan ikki og‘iz alamlar Uzoqlarga qochadi xotirjam xalovatim, uni xamma eslatar ko‘chadagi odamlar Kuygan og‘iz yo‘q demas, ishqning bergan darsidan , yana yana yonsam der, suyganini bag‘ridan. Nechun yurak tanlovi, bizga xech mos bo‘lmaydi, nechun uni a’lo deb faqat yurak ataydi Boshqalarga bilinmas, bizga bo‘lar bir jaxon, uning bir kulishidan yurak jannat sezadi Mendan yana yiroqqa, aqlu xushim ketadi, yurak bo‘ynimga solgan arqon dorga eltadi....

..nechun ishqim chiroyi bunchalar zaxarlaydi...

Shaxardan asal xidi kelmoqda, gap baxor va atrof gullaganida emas, sen bilan o‘tgan laxzalarimiz shaxarni egallagandek. Ko‘chalardan shirin xid kelmoqda, gap kuz kelib mevalar g‘arq pishganida emas, gap sen bilan meni muxabbatimiz shirin payti ko‘chalarni yashnatganida. Biz uchun xar faslda ko‘chalarda totli ifor tarannum etadi. Baxorda gulu asal, yozda rayxonlar, kuzda shaftoli, qishda apelsin! Muxabbat qalbni egallaganda, uning ifori shaxarni egallab bo‘y taratib turadi. Sevishganlar uchun ayni baxor pallasida shaxardan azob isi kelmasin, yozning qaynoq extirosidan alam yondirmasin, kuzning yomg‘irlari sog‘inch ko‘z yoshlari bo‘lmasinu...qishning iztirobli ayrilig‘i bo‘lmasin...

Shaxardan xamisha asal isi kelsin!

Qafasga tushding qushcha, pitir-pitir etasan, bag‘rimni qon timdalab yana nima istaysan. Ozodlikdan to‘ydingmu, maxbus bo‘lib netasan, topgan qafas yuragim, uni yumdab netasan.Keng dalalar kammidi, bog‘da nimang izlaysan, shuncha gullar turganda tikanni ne tanlaysan, Bag‘ring qondir seni xam, diling bo‘ldi endi g‘am, sog‘lar turib ayt nechun, telbani sen tanlarsan. Jon deb qo‘yvorardimu, raxmim kelib xolingga, anchayin payt xech kimsa tushmagandi qafasga Loyiqmassan tikanga quvnab uchgin deymanu, sen xam ketib qolsang gar tikanlarim yeymanu Men xam asli qafasmas, tikan xam emas edim, muxabbatdan entikkan sodda bir qushcha edim Gul deb urilganimni tikanlari tig‘ladi, ishq saroyi aslida qafas bilan o‘raldi. Bora-bora qanotim temirdan qafas bo‘ldi, qalbimni ximoyaga temirdan devor bo‘ldi. Menku gulga borgandim, sen axvolim ko‘rdingku, menku aldangan edim, senchi bilib keldingku. Pitir-pitir etasan axmoqqina qushginam, yaralangan qalbimni yana tirnab netasan... Shu qafasga kirguncha saroyin so‘ramading, shu tikanga qo‘nguncha, gulini ko‘rmaganding... ...


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.