Hamma Hammasi yodimda

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотров : 437
  • Коммент: 0
Bilmam qancha vaqt o‘tdi, kunlar quvlar oylarni, mexmon bo‘lib fasllar, necha bor qaytib ketdi. Faqat aniq bilganim, sezganimu tuyganim, o‘sha falak yorishib, tonglar otar bo‘lganda, yoki tunlar oromin birga quchib turganda, xar doim, xar xolatda, xamma xammasi yodimda.

Bilmam endi qaydasan, o‘zimniku topolmay, mexmon bo‘lib boshqalar, necha bor qaytib ketdi. Faqat aniq quchganim, sevib turib yonganim, o‘shal shirin azobim, bir on yasholmaganda, yoki izlab qolganda, jonim manim deganda, bir seskanib qolganim...xamma xammasi yodimda! Sen rostmiding yoki tush, balki yolg‘onchi bir qush, mexmon bo‘lib gumonlar, necha bor kelib ketdi. Faqat bir ishonganim, ertagimu qissam xam, o‘sha qo‘shiq tinganda, yo qaytadan qo‘yganda, navosida bir erib, xotiraga cho‘mganda... Yurakkinam ezganim... Xamma xammasi yodimda!

Bilmam qancha vaqt o‘tar, armon yillarni quvlar, mexmon bo‘lib ko‘z yoshlar, necha bor qaytib ketdi. Faqat aniq kutganim, xayajonim qo‘rqqanim, istalmagan orzuimu, nima bo‘lsa bo‘lganim, bexosdan uchraganda, ko‘zlar bilan chaqqanda , savollari ortiqcha... xamma xammasi YODIMDA! ...


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.