Sevgi haqida qissa

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 28.04.2017
  • Просмотров : 319
  • Коммент: 0

Bor ekanu,yo'q ekan, 
Qadim, qadim zamonda, 
Foniy dunyo tomonda, 
Go'zal tuyg'u bor ekan. 

Barcha inson ko'nglida 
O'shal tuyg'u yasharkan 
Yuraklar bir bog' kabi, 
Go'zallikdan yashnarkan 

Yetti osmon ishvasin, 
Bog'i eram mevasin, 
Tatib lazzat olarkan, 
Davru davron surarkan, 

Inson umri nur to'la, 
Ertak kabi o'tarkan, 
Shirin o'yga ko'milib 
Tuyg'ular ju'sh urarkan. 

Yuraklar qanot yozib, 
Otashdek porlab yonib, 
Rohatga to'ymas ekan, 
So'ngisi kelmas ekan. 

Sevishganlar gulmisol, 
Barpo etib ko'rkamlik' 
Chehralari nurvisol 
Bahtli hayot kecharkan. 

Kecha,kunduz,oy,yillar 
O'tib asta oradan, 
Noshukurlik kelibdi, 
Insonga dust bulibdi. 

Rashk,gumon,fitna,bo'hton 
Qo'shilib o'shal zamon, 
To'lib ,toshib ketibdi, 
Misoli qora ummon. 

Osmonni bulut bosib, 
Quyosh nurlarin to'sib, 
Yuraklarda behislik, 
Qora zamon kelibdi. 

Ko'ngillar toshday qotib, 
Ishqin bo'htonga sotib, 
Sevgilar hor bulibdi, 
Nurlar so'nib qolibdi. 

Bir panada berkinib 
Durday ko'zyoshin to'kib, 
Sevgi yig'lab turarkan, 
Insonlarga aytarkan: 

"Ayting nedir gunohim?, 
Tuyg'uingiz panohim, 
Yuraklarni bog'layin, 
Yordam bergin Allohim." 

Bir inson shunda unga: 
Kunim almashib tunga, 
Zahmatlar chekib doim, 
Aylanib qoldim qulga. 

Seni deb yonib yashab, 
Hayotimdan kechdim men, 
Barcha yumushim tashlab, 
Majnun misol buldim men. 

Ne topdim ayt o'rniga?? 
G'am alam,ham nadomad, 
Chekganim bir dard bo'ldi, 
Ko'rsatmading karomat. 

Doim yurakda g'ashlik, 
"Sevgilim qayda ekan?, 
Hozir kim bilan"degan?, 
Hayolimda bir tashvish. 

Bas charchadim bu darddan, 
Kechdim men bunday bahtdan, 
Ko'zimdan yuqol" debti 
G'azablanib alamdan. 

Sevgi ko'z yoshin artib, 
Yana tilga kiribdi, 
Hursinib asta sekin, 
Ushal insonga debti: 

"Men misoli guldirman, 
Ikkingiz ham keraksiz, 
Biringiz suv bulsangiz, 
Ikkinchingiz nurdeksiz... 

Nur bo'lmasa yaprog'im, 
Jonsiz so'lib qoladi .... 
Suv bo'lmasa ildizim, 
Tolib qurib qoladi... 

Bir biringizdan gumon, 
Ildizimda qurt kabi 
Gumonli bo'lsa sevgi 
Yurakda ishq o'ladi. 

Seving, haydamang meni, 
Men jannatdan kelganman, 
Yuragingiz nur qilib 
Saodatga chorlayman. 

Faqat inson kar kabi, 
Unga parvo qilmabdi, 
Sevgi suzin tinglamay, 
Yuragidan haydabti. 

Horu zorlikga qolib, 
Tugunin orqa solib, 
Keta turib insonga, 
Sevgi shunday su'zlabdi: 

"Toshday qotdi ko'nglingiz, 
Qonga to'lib ko'zingiz, 
Gumon,bo'hton bir bo'ldi, 
Horlik topdi sevgingiz.. 

Bir kun kelib insonlar, 
Meni suvday istarlar, 
Yolvorib kecha kunduz, 
Allohimdan so'rarlar.. 

Barcha ko' ngil topganda, 
Noshukirlik qildingiz, 
Tanlangan yuraklarga, 
Kelar endi sevgingiz. 

Shul so'zlarni aytib u, 
Behos g'oyib bulibdi. 
Inson hayron bulmasdan 
Yo'lin davom etibdi.. 

Ko'p zamonlar o'tibdi, 
Inson sh'erlar to'qibdi, 
Sevgi haqida hatto 
Hikoyalar bitibdi.. 

Lek sevgi endi faqat , 
Tangrim so'zin tinglarmish, 
Gar buyursa unga Haq 
Yuraklarga kirarmish... 

Tangridan so'rang,zero 
Yuragingiz yorishsin, 
Ruhingiz porlab tanho 
Saodatga erishsin... 

Kumushbibi qullari , 
Tebratmadi qalamni, 
Balki uning yuragi, 
Kuyladi shul qissani... 

Allohdan so'rasangiz 
U albatta beradi 
Shubhasiz gar sevsangiz 
Sevgi albat keladi



Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.