Aldangan qizlar 1-qism

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 18.01.2016
  • Просмотров : 480
  • Коммент: 0
Hammasi dadamga
"Sotka” olib bermasangiz,
o‘zimni o‘ldiraman”, deya
xarxasha qilgan kunimdan
boshlandi. Axir
kollejimizdagi
kursdoshlarim qo‘lidan bir
emas, bir nech ta "sotka”
o‘tib ketdi-yu, manda yo‘q.
Hatto qanday
boshqarilishini ham
bilmasdim.
-Agar shu turish-sotkasiz
yuraversang, uyda qari qiz
bo‘lib o‘tirib qolasan,-dedi
birga o‘qishga
qatnaydigan
dugonalarim ichida Sitora
deganlari.Qolganlari
afsuslanib tasdiqlashdi.
-Kursimizdan uch qizning
to‘yi bo‘ldi. Uchovi ham
SMS orqali tanishgan. Hozir
qo‘lingda telefon bo‘lmasa
it
qaramaydi, to‘g‘ri aytding,
Sitti, -dedi Mohinur.
-Moxxi, ko‘ngliga tegadi,
demaysan-a? Dadasi olib
bermasa nima qilsin?
Dadasi zo‘r odam-u, lekin
eskicha
fikrlaydi-da, -deya oraga
tushdi eng yaqin
dugonam, mahalladoshim
Fotima. U katta yo‘ldan
mahallamizga qarab
burilib ketayotganimda
hamdardlik bildirgandek
Sittining ortidan gapirdi:
-O‘rgildim, "sotka”li
boybichchadan. Dadasi
"Ippodrom”da kuni bo‘yi
arava tortishini ayam
aytgandilar. Bir
ko‘pti ichida aytib izza
qilay dedim-u, yana ag‘-
bag‘ini o‘yladim. Sani
dadang bozorri old
biznesmeni, sani yer-u
ko‘kka ishonmaydi.
Hayron qolaman, lekin
bitta telefonga arzitmaydi.
Qizlardi mana bunday
chaqib oladigan
gaplarini eshitmaydi-da.
Agar ozroq yig‘ib yurgan
puling bo‘lsa, manga ber.
Sanga telefonimni berib,
o‘zim boshqasini olaman.
Qayerdan olding, desalar
Pottiniki, deysan qo‘yasan.
Men unga javob berishga
ulgurmasimdan
darvozamizga yetib
keldim. Indamay uyga
kirib ketdim. Hovlida
dadam uzumlarni xomtok
qilayotgan ekanlar. Salom
ham bermay, hung rab
yig‘lab yubordim.
Tokqaychini
qo‘llarida tutgancha
dadam kelib boshimni
siladilar.
-Gulnora, ona qizim, kim
sani xafa qildi?
Domlalaringmi?
-Yo‘q,siz xafa qildiyiz,
dada. Dugonalarimning
ichida past qildingiz? Yer
yorilmadi-yu, yerga
kirmadim. |Uzbeklar.net|
Bunaqa sassiq gaplarni
eshitganimdan ko‘ra
o‘lganim yaxshiydi. Bitta
temir qutiga mani
arzitmadingiz-a? -deya
dadamning bag‘ridan
silkinib chiqdim.
-Iye "sotka”ni janjali
degin. Haliyam o‘sha gapni
ko‘tarib yuribsanmi?
Yoshlarga bu matohni
nima keragi
bor. Darsingga halal
beradi. Ko‘cha-ko‘yda
qulog‘iga telefonini qo‘yib,
yoki bo‘yniga osib
"risopka” qilib yurgan
qizlarni ko‘rsam,
jig‘ibiyronim chiqadi. Man
"biznesmen”man, har
doim mijozlarim so‘rab
turadi. Birovga "zvonok”
qiladigan bo‘lsam, pulini
o‘ylab gapni qisqa
qilaman. Ular talaba bo‘lib,
to manziliga yetguncha
gaplashib
ketaveradi. Pulli qaydan
oladi? Yoki homiychalari
bormi, deb xayoling
ketadi, qizim. Ulardan
ibrat olma.
-Siz vahimachisiz. Xasissiz,
dada. Egri ko‘ngilsiz. Ular
yo‘l-ma-yo‘l qo‘shiq
eshitib ketadi-ku, -dedim
ilk bor
dadamning ko‘zlariga tik
qarab.
-Katta yo‘lda qo‘shiq
eshitish kerakmi, Guli?
Mashinani yo‘liga chiqib
qolsa-chi? "Pap” etib,
mashina urib
ketsa. O‘zi qizlar
yo‘ldayam xayol surib
yuradi. Har kuni avariyalar
sodir bo‘lyapti, baraka
topkur. Hammasiga
shopir aybdor emasdir.
-Bir boshga bir o‘lim. Ajali
yetgan Norin tog‘amga
o‘xshab yonboshlab
o‘tiribam o‘lyapti-ku. Endi
kollejgayam bormayman.
Endi mandan qutulasiz.
O‘zimni o‘ldiraman.
-Bir "sotka” uchun-a?
-Ha.
-Mani qizim aqlli. Mayda
gaplardan ustun turadi.
Bolaligidan suzishga
qo‘ydim, badiiy kitob
o‘qitdim. Oqqorani
ajratsin, deb chet ellarga
olib bordim. Inglizcha-
ruschani, karischani
o‘rgansin, dedim.
Nazokatli bo‘lsin,
deb pianino olib berdim.
O‘qituvchi yolladim. Endi
otangni gapidan to‘rt-
beshta churvaqa
dugonalaringning
xushomadi aziz bo‘lib
qoldimi? Ma, simkarta
qo‘yib olarsan. Eng so‘nggi
rusumdagi "Nokiya”.
Lekin, hapsalamni
pir qilding, qizim, -deya
dadam telefonning
orqasidan sim kartasini
olib, qo‘limga
tutqazgancha qizarib-
bo‘zarib tok
tagiga ketdilar. Dadamni
o‘z prinsiplaridan
chekinishga majbur
qilganimdan biroz dilim
xira bo‘ldi. Biroq, ertasi
kuni dugonalarimning
"voy-vo‘y” deb angrayib
qolganlarini ko‘rib, barini
unutdim... Man endi har
taraflama kollejda
birinchi edim.
Adashib tushgan
qo‘ng‘iroqlar biroz
asabimga tegsa-da, endi
man uzundan-uzun
seriallarni esnagancha,
ayajonimga qo‘shilib
ko‘rib o‘tirmasdim. Bitta
qo‘ng‘iroq keldimi, ila-
chila turib o‘z xonamga
kirib
ketardim.Dugonalarim
bilan qanday
kiyinishimizgacha kelishib
olardik. Yo‘l-yo‘lakay bir-
birimizni rasmga
tushirardik.
Yigitlardan qo‘ng‘iroq
kelsa, tanishaylik desa har
xil mazax so‘zlar bilan
ustidan kulardik. Shu-shu
biz barimiz
telefon jinnisiga
aylangandik. "Testni
o‘ylama, telefon orqali
birorta ustozimiz aytib
turadi. Pulini bersak bo‘ldi-
da,
deya bir-birimizni
repititorga borib vaqt
sarflab o‘tirma”, deya
yo‘ldan urardik.
Oradan uch oy o‘tdi.
Bitiruv imtihonlari, diplom
ishi boshlangan paytlarda
bir yigit qo‘ng‘iroq qildi.
-Allo, Dilya! Uning ovozi
juda yoqimli va o‘ktam
edi.
-Dilyamasman, Gulyaman,
siz...


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.