Baxor keldi olamga, lekin,
Qalbga huzur kelmadi,
Olamlarga sochdi gullar, chechaklar,
Ammo mening qalbimga qor eladi.
Baxor keldi olamga, lekin,
Qorda qoldi ajib tuyg'ular,
Muzlab qoldi qalbimda sevgim,
Berolmadim unga urg'ular.
Baxor keldi olamga, lekin,
Tuyolmadim men baxor hisin,
Gullar ochildilar asta sekin,
Lek dimog'im hushlamadi ular isin.
Baxor keldi olamga, lekin,
Besamar o'tdilar, kunlarim mag'zun,
Baxor keldi olamga, lekin,
Sizda qoldi yuragim mahzun...