Baxtning Siri (hamma o'qisin)

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотров : 523
  • Коммент: 0
Bir savdogar baxtning sir- asrorini bilib kelish uchun o'g'lini eng ulug' donishmandning huzuriga yuboribdi. Yigitcha 40 kecha-yu 40 kunduz sahroda yuribdi, nihoyat bir tog'ning tepasidagi oliy maqom qasrni ko'ribdi. U qidirib yurgan Donishmand o'sha yerda yashar ekan.
Yigitcha kutilmagan manzaraga duch kelibdi, qasir uzlatga chekingan taqvodorning kimsasiz dargohiga o'xshmas, odamlarga to'la ekan: savdogarlar o'z mollarini maqtab, u yoqdan-bu yoqqa zir yugurishar, burchak-burchakalarda to'da-to'da odamlar gapshib turishar, mashshoqlar sozidan mayin kuylar taralar, mehmonxona o'rtasida esa eng tanqis noz-ne'matlarga to'la dasturxon tuzalgan ekan.
Donishmand mehmonlari bilan shoshilmasdan salom-alik qilib yurgan ekan. Yigitcha navbati kelishini ikki soatcha kutibdi.
Nihoyat, donishand yigitchaning ne maqsadda kelganini eshitibdi, ammo baxtning sir-asroridan voqif qilishga hozir fursati yo'qligini aytibdi. Yigitchaga qasrni aylanib, sayr qilib chiqishmi va ikki soatlardan so'ng shu mehmonxonaga qaytib kelishini taklif qilibdi.
"Senga yana bir iltimosim bor, -debdi u yigitchaga ikki tomchi yog' tomizilgan choyqoshiqni uzatib. -Bu qoshiqchani o'zing bilan olib yur, faqat ehtiyot bo'l, yog'i to'kilmasin".
Yigitcha qoshiqdan ko'z uzmay ikki soat davomida qasirning zinalaridan chiqibdi, tushibdi, nihoyat Donishmandning yoniga qaytib kelibdi.
"Xo'sh, -debdi u, -yemakxonadagi eroniy gilamlar senga yoqdimi, mohir bog'bonlar o'nlab yillar davomida parvarish qilgan bog'dagi daraxtlar va gullar ma'qulmi? Mening kutubxonamdagi qadimiy qo'lyozmalar, teriga bitilgan kitoblarchi?"
Uyalib qolgan yigitcha bu ajoyibotlarning hech birini ko'rolmaganini, butun e'tibori ishonib topshirilgan ikki tomchi yog'da bo'lganini tan olibdi.
"Orqangga qayt va mening uyimdagi barcha mo'jizalarni ko'zdan kechir, -debdi Donishmand. -Odamning qayerda va qanday yashayotganini bilmay turib, unga ishonish mumkin emas".
Yigitcha qo'lida choy qoshiq bilan yana dahlizlar va xonalar bo'ylab qasr sayriga yo'l olibdi. Bu safar u o'zini erkin tutib, xonalarni bezab turgan osori-atiqalarni, san'at asarlarini tomosha qilibdi. Bog'larga va qasirni o'rab turgan tog'larga mahliyo bo'libdi, gullarning go'zalligiga, suratlar va haykallarning mohirona joylashtirilganiga qoyil qolibdi. Donoshmandning yoniga qaytib, ko'rganlarini batafsil so'zlab beribdi.
"Xo'sh, endi ayt-chi, men to'kmasdan qaytarib olib kel, deb iltimos qilganim -ikki tomchi yog' qani?" -deb so'rabdi Donishmand.
Yigitcha qarasa, qo'lidagi qoshiqda yog'dan asar ham qolmabdi.
"Senga beradigan bitta-yu bitta maslahatim xuddi ana shu edi, - debdi yigitchaga donolar donosi. -Baxtning butun sir-u asrori -dunyoning mo'jizalari va go'zalligini bus butun ko'rish, va ko'rar ekansan, choy qoshiqdagi ikki tomchi yog'ni hech qachon unutib qo'ymaslikda".


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.