Ishdan shoshib uyga
qaytayotgan
yigitning hayolini yo’l chetida
yig’lab turgan tört-besh yoshdagi
bolakay öziga tortdi.
Indamasdan
ötib ketmoqchi ediyu yarim
tunda
bolaning yolg'iz köchada nima
qilib yurganiga qiziqib bolaning
yoniga yaqinlashdi. U
bolakayning qayerdan kelganini
surishtirib, uning adashib
qolganini, uyini topa
olmayotganligini bilib oldi. Tun
chökkan, yigit militsiyaga xabar
bermoqchi böldiyu, söng darhol
fikridan qaytdi. Shundog'am
charchagandi, militsiyada
rasmiyatchilik, xat yozib berishini
sörashadi. Yaxshisi uni uyga olib
borish kerak, ertaga ota-onasiga
yoki militsiyaga bemalol xabar
berish mumkin. Yigit bolakayni
yetaklab uyga olib ketdi. Yöl-
yölakay dökondan ul-bul shirinlik
olib berdi. Bolaning gap-
sözlaridan uning manzilini
taxminan chamalab oldi. Bolakay
uxlab qolgach yigit negadir
hayollarga berilib ketdi. Hozir
bolani rosa qidirishyotgandir.
Ertaga uni uyiga olib borsa, ota-
onasi rosa sevinadi, balki yigitni
quruq ham qöyishmas. Yigit
sönggi öyidan özi ham sevinib
ketdi. Albattada, yaxshigina
mukofot berishadi. Muhimi bola
boyroq oiladan bölsin. Shu öylar
bilan uxlab qoldi. Ertasiga
tongda,
nonushta qilishgach, taksiga
ötirib bolaning uyiga yöl olishdi.
Ammo yigitcha, uyni topib
kelganida balandparvoz umidlari
chilparchin böldi. Yo’l böyi öylab
kelgan katta hovuzli, özi
boshqariladigan
sputnik antennali villa örniga
oldida bir kulbai vayrona turar
edi. Ustiga-ustak
eshikni ham bolaning qorin
qöygan, tilla soatli otasi emas,
soqoli oqargan bobosi ochdi.
Chol bolaning
topilganidan xursand edi. Yigit,
qariya bilan suhbati chog'ida
bolaning ota-onasi
olamdan ötganini bilib oldi. Chol
"Rahmat bolam, mendek bir
qariyani könglini tog' qilding,
mana buni olsang yanayam
xursand bölaman", deb yigitning
chöntagiga nimadir solib qöydi.
Cholning yig'lamsirab nevarasiga
qarab qolganidan foydalangan
yigit fursat topib chöntagini
ushlab kördi. Atiga 3-4 chaqa
tanga ekan. Yigitning xafsalasi
pir
böldi. Uyning ahvolidan
qariyaning faqirligi
bilinib turar, lekin hech bölmasa,
taksi pulini bermaganligi unga
alam qilardi. Yigit bu qurumsoq
cholning oldida özini masxara
bölgandek sezardi. Va nihoyat
yigitcha qariyaning yuziga tik
qaradi va unga dars berib
qöymoqchi böldi. Chöntagidagi
tangalarni hovuchiga olib,
bolakayning oyog’i ostiga
tashladi:
— Borib özingga muzqaymoq
sotib
ol, ukaginam. Bu bilan qöli
ochiqlikni
örganib olasan.
Bolakay yerga egilib tangalarni
töplay
boshlaganida, yigitning közlari
chaqnab ketdi. Bolakayning jajji
qo’lchalarida to’rt-beshta oltin
tanga yarqirar edi…