Mening aziz dadajonginam,
Nega bizni tashlab ketdingiz?
Uchta o’g’il va qizlaringiz,
Ko’zlarini yoshlab ketdingiz.
Sizsiz qanday yashar onamiz,
Ko’zimiz nam, dil vayronamiz.
Sizni eslab, kuyib yonamiz,
Nega bizni tashlab ketdingiz?!
Dalda bo’lar bizga onamiz,
Bor bisotin berdi ayamay.
Qo’msab sizni o’tdek yonamiz
O’tmas kunim qancha sanamay...
Sizni sog’indimku men o’zim,
Sho’x ko’zlar endi yig’lar yum-yum...
Kumushbibi unutmas bir zum -
Dadajonim, yakka yolg’izim!