Donishmanddan, “Do‘stlik necha xil?” — deb so‘radilar. Donishmand javob berdi: —To‘rt xil! Birinchisi ovqatga o‘xshaydi — u senga har kun kerak. Ikkinchisi doriga o‘xshaydi — zarur paytda ularni izlaysan. Uchinchisi kasallikka o‘xshaydi — ular seni izlaydi. To‘rtinchisi esa havoga o‘xshash — ular ko‘rinmaydi, lekin har doim yoningda.