Necha kundirki ayolning jismu joni alanga ichida yonadi. Tegrasi olov, eru osmon olov. Hatto kasalxonaning oppoq shiftlaridan ham sap-sariq alanga otilayotgandek. Vujudining eng mayda-mayda tomirchalarigacha hansiroq, hovliqish, tipirchilash. Go’yo ular nedandir qo’rqib jon talvasasida hilpirayotgandek, ularni tiriklik rishtalari bilan uzadigan noma’lum, ammo juda vahshatli bir kuch juda-juda yaqin qolgandek. Јanotlari bilan shiftga qapishib, uni kuzatib turgan o’sha tilsimot sal fursat o’tishi bilan joniga changal soladi-yu, zaif vujudini bu sertashvish dunyodan manguga olib ketadi. Ammo ungacha olov ichida necha bor qovrilarkin?! Jahannam shumikin, deydi ba’zan ayol buning tush yoki o’ngligini anglolmay. Јuyoshda qatqaloq bosgan loyqa erdek tars-tars yorilib ketgan lablarini yalamoqchi bo’ladi. Ammo tili ham bir parcha cho’g’ bo’lib, po’st tashlab yotgan lablarini jaz-jaz kuydiradi. Og’zi chuchimal ta’m sezadi. Јon. Lablari qonayapti. Demak hali o’lmabdi. O’lgan odamning qoni qotib qoladi.
— Suv, — deya arang ingranadi u. Ammo to’g’risidagi karavotda kunduzgi g’imir-g’imirdan charchab, qotib uxlayotgan opasi uning ingroqlarini eshitmaydi. Ayolning unga havasi keladi. Bir paytlar men ham shunday miriqib uxlaganmikinman, degan o’y o’tadi miyasidan. Nazarida tug’ilganidan buyon shu azobni boshidan kechirayotgandek, vujudi so’ngsiz og’riqlardan ilma-teshik bo’lgandek. O’tgan hayotiga razm solsa g’am va faqat qora kunlar bo’y ko’rsatadi. Shodligi, sog’ligi va baxtli damlari qora nuqtalar soyasida qolib, yo’q bo’lib ketgandek. Ba’zan totli kunlari chaqmoqdek yalt etib xayolida bir jonlansa ham negadir uni baxt deb tan olgisi kelmaydi. Go’yo g’amli kunlari ko’pligidan rohat olardi u...
Oh, hozir bir qultum suv bo’lsaydi vujudini qovurishga ahd qilgan olov birdan pov etib o’charmidi balki.
— Suv, — deydi u yana bor madorini to’plab. Nazarida u bu so’zni juda baqirib, tomoqlarini yirtgudek bo’lib aytgandi. Ammo xonani to’ldirib, unga ko’zlarini lo’q qilib turgan o’lik sukunat go’yo uni pisand etmagandek qilt etmadi. So’ng hamma narsa asta-sekin aylana boshladi. Shift, hovlidagi chiroq nuridan oqarib ko’rinayotgan eshik-deraza va o’ng qo’lini boshiga yostiq qilgancha, og’zidan so’lagi oqib uxlayotgan opasi ham gir-gir aylandi. Va hammasi yaxlit bir sharsharaga, oppoq ko’piklari toshga urilib osmonga sapchiyotgan tip-tiniq suvga aylandi. Ayol hovliqib sharasharaga hovuchini tutdi. Issiq. Barmoqlarini kuydirdi. Tavakkal qilib lablarini bosdi, yutoqib-yutoqib ichdi. Ammo vujudi qonmadi. Birdan sharshara ham ulkan alangaga aylandi. U alanga ichida qoldi, alanga ichida to’lg’onib-to’lg’onib oqa boshladi...
— Bizni qo’rqitma, ko’zingni och, — opasining yig’lamsiragan ovozi uzoq-uzoqlardan eshitilgandek bo’ldi. Holsizlanib ko’zini ochdi. Ancha paytgacha qaerda ekanligini anglolmay shiftga termulib yotdi. Shiftning pashsha o’tirgan joylaridan bildiki, kasalxonada ekan. Shunday bezor bo’ldiki bu erdan. Јaniydi oyoqlariga bir dam kuch ensa-yu, derazadan pastga sakrab, qochsa, qochaversa. Nursiz kunlaridan, hayotidan, o’zidan qochib ketsa, olislarga qanot bog’lab uchsa... Afsus, endi bunday qilolmaydi. Onasi aytganidek ko’zi yiltirab yotgan bir qop go’sht endi u. Notavon, birovga dardisar. Hatto kichkina go’dakchalik ham harkati yo’q uning. Hojatga ham birov olib boradi, birov ovqatlantiradi, birov sochlarini taraydi. Butun vujudi birovlarning izmiga o’tib ketgan. Har zamon lablarini qimirlatib, iymanib, titranib, tortinib o’z istaklarini bayon etadi. Bayon etadi-yu, bajaruvchining yuziga xavotirlanib tikiladi. Og’rinmayaptimi, irganmayaptimi, malol kelmayaptimi. Uch oydan buyon ahvol shu. Uch oydan buyon yaqinlari navbatma-navbat unga qaraydi, oldiga yotib qoladi. Jigarlari unga astoydil mehribonlik qilishsada, yuz-ko’zlarida horg’inlik, zerikish. Tezroq u va o’zlari uchun ham azobli bo’lgan kunlarning nihoyasini kutayotgandek. O’lgan kishining jasadi erga qo’yilishi bilan unitiladi, degan gapni eshitgandi. Ammo hali uning vujudi tuproqqa qorishmay unitilgan, tiriklar safidan chiqarilgandi. Unga elib-yugurib qaraydigan hamshiralar ham toliqqan, navbatchilikka kelishganida ey, haliyam o’lmadingizmi, degandek ajablanib qarashayotgandek. Tiriklik tashvishi shunday qudratli kuch ekanki, hamma sog’lom odamlar bu daryoga boshi bilan sho’ng’ishga oshiqadi, hovliqadi, bir-birini ranjitadi...
Uning oxirgi kunlarini yashayotganligini bilishsada, jigarlari o’rtasida sansolarlik avj olgan. "Bugun sen bor, men falon ishni qilishim kerak. Ertaga u borsin men manavi yumushni bajarmasam bo’lmaydi”. Birgina tashvishsiz odam u, na ketoladi va na qolishiga ijozat bor. Kutish, kutish va yana kutish. Nimani ko’tayotganligini o’zi ham bilmaydi. O’limnimi yoki hayotni. Јaysi biri qudratli, qaysi biri ikkinchisini yanchib tashlay oladi?! Ikki olam ovorasi u. Nazarida o’zini bu olamga bog’lab turgan rishtalar juda kuchsiz, lahza sayin vujudining allaqaerlarida chirigan ipdek chirt-chirt uzilmoqda, ingramoqda. Endi hayotning, tiriklikning u bilan ishi yo’q. U faqat sog’lom odamlarni yoqtiradi, ularni domiga tortadi. Zero, kasalligi avj qilib kelayotganini bilsada, u tirikchilik tashvishidan ortib bir zum o’zi uchun qayg’urolmagandi. Go’yo tiriklik uchun elib-yuguradigan yolg’iz inson o’zidek edi...
Endi to’shakka mixlangan chog’lari yuragida tuzalaman, degan umid bor edi. Hozir esa yashayotganidan ham iymanadi, hammaga malol kelayotganidan qiynaladi. Tezroq u yoki bu yoqlik bo’lsaydi...
Opasining qo’l telefonda kim bilandir gaplashayotgani beixtiyor qulog’iga chalindi:
— Kichkina xolang kelishi bilan uyga uchib boraman, dedim-ku.
Ha, hozir opasi zanjirband qushdek arang o’tiribdi oldida. Har lahza hayot sari oshiqayapti, uni tiriklik kutayapti. Jigarchilik mas’uliyati keyingi qarovchi izmiga o’tishi bilan ehtimol ozod bo’lgan qushdek parpirab-parpirab uchar...
Shu payt eshik ohista taqilladi. Eshikdan avval shildiroq elim xalta, so’ng elkasiga kasalxonaning kirchimol xaltini tashlab olgan kimsa ko’rindi.
— Keling kuyov, — dedi opasi uni ko’rishi bilan hovliqib o’rnidan turarkan. "Kuyov” qo’lidagi eguliklar solingan elim xaltalarni tumba ustiga qo’ydida, u tomon yuzlandi:
— Јandaysan?
Ayol iymandi. Shu notavon ko’rinishda yostiqdoshiga ro’baro’ bo’layotgani uchun o’zini ham erini ham yomon ko’rib ketdi. "Shunday ko’ringanimdan ko’ra o’lganim yaxshiydi” degan o’y o’tdi miyasidan. Darmonsiz barmoqlari bilan sochlarini tekislagan bo’ldi, ko’z qiri bilan erini kuzatdi. Ro’parasida qo’l qovushtirib o’tirgan shu erkak bir paytlar uni telbalarcha sevgandi. Ayol o’sha haroratni yana tuygisi keldi. Umidvor uning ko’zlariga termuldi, nigohlarini tutishga urindi. Ammo beparvr tikilib turgan nigohlar unda ediyu, erkakning xayoli tamoman boshqa yoqlarda kezinib yurardi. O’lim oldidan ayolga eng birinchi eri begonalasharkanda, deya o’yladi og’rinib. "Xotini o’lgan erkak qo’shninikiga qarab yig’laydi” derdi momosi. Kim biladi bu ham qaysi qo’shninikiga qarab yig’lashni mo’ljallayotgandir hozir.
— Keting, — dedi ayol ohista ammo qat’iy. — boshqa kelmang.
Erkak ham shuni kutib turgandek, uchib o’rnidan turdi va hech narsani o’ylab o’tirmay eshik tomon yurdi. Јars etib yopilgan eshik ipdek ilinib turgan o’rtadagi rishtani ham uzib yubordi.
— Nega bunday qilding? — baqirib yubordi opasi. — Ozmi-ko’pmi dori-darmoningga qarashib turgandi.
Ha, opasi aynan shunday dedi. Go’yo manavi qo’shnimiz yoki tanishimiz ham qarashib turgandi, degandek qilib gapirdi. Ayol esa erining shunchaki qarashib turishini emas, o’zi uchun joni-jahonini berishini istardi. Ammo...
— Menga endi hech kim qarashmasin, foydasi yo’q.
— Voy, nega bunday deysan?
Opasi bu so’zni shunchalik oddiy qilib aytdiki, go’yo uning o’lishi allaqachon aniq bo’lgandek. Yaqinlari esa o’sha kunni sabr-toqat bilan kutayotgandek...
Kechga tomon singlisi emas yangasi keldi. Yuzlarida iddao. Singlisining ishi chiqib qolibdi. Boshqalar bir kundan navbatchi bo’lsa, men ikki kundan bo’lamanmi, degan norozilik yog’ilardi nigohlaridan. Ayol battar karavotiga qapishdi, yangasining ta’na to’la nigohlarini ko’rmaslik uchun ko’zlarini chirt yumib oldi. Јachon ko’zi ilinganini bilmaydi. Bir payt shu bir tutam qush uyqusida ham tush ko’rdi. Tushida rahmatli otasi bilan toqqa poda haydab ketayotganmish. U negadir hech otasiga etib yurolmasmish. Otasi esa qavog’ini uygancha "tez-tez yur”, deya uni shoshiltirayotganmish.
— To’xtang, suv ichib olay, — o’zining ovozidan o’zi cho’chib uyg’onib ketdi. Koridorda yangasining g’o’ng’illab kim bilandir gaplashayotgani qulog’iga chalindi:
— Koshki o’nglansa. Bekorga hammaning sarson bo’lgani qoladi.
Meni aytayapti, deya o’yladi ayol. Va bor vujudi bilan koridorga quloq tutdi. Ammo endi yangasining ovozi juda pasayib ketgandi. Shivir-shivir qilishidan o’zi haqidagi mash’um haqiqatni ayon qilayotgani aniq. Nahotki, endi o’lsam?! Shumi yashash? Hayot deganlari shunchalik bemani narsami.
Choshgohga yaqin akasi bolalarini olib keldi. Xonadagi kishining yuragini tors yoradigan sukunat birdan shovqin-suronga qorishib ketdi. o’am-qayg’u, kasallik va o’lim neligini bilmaydigan o’g’li bilan qizi kular, qiyqirar, simi cho’zilib ketgan karavotlarga sakrab, osmonga irg’ishlardi. Necha kundirki ayolning sillasini quritayotgan xonadagi o’lik sukunatga qarshi ilk bor isyon qilgan tirik ovoz edi bolalari. Devoru shiftlardan yopirilib kelayotgan o’lim sharpasi bu jaranglardan qo’rqqandek birdan zim-g’oyib bo’ldi.
— Jim bo’linglar onang kasal! — deya hayqirdi eshikdan choynak ko’tarib kirgan yangasi. Bolalar bu g’ayritabiiy qichqiriqdan bir dam tek qotishdi. Murg’ak vujudlariga allaqanday qo’rqinch yopirilib kirgandek bo’ldi. Shu zahotiyoq ayolga o’lim sharpasi yana yuz ko’rsatdi.
— Indamang, — dedi ranjib. — Mayli o’ynashsin.
— Ajalingizdan besh kun burun o’ldiradi-ku bularingiz, — battar tutaqdi yangasi. Ha, u ham o’zi bilib-bilmay ayolning baribir o’limga mahkum ekanligini yana eslatib o’tdi. O’g’li biroz kattaligiga borib, asta uning yoniga cho’kdi.
— Aya, siz o’lasizmi, sizni bobomning yoniga ko’mib qo’yishadimi? — dedi so’ng qop-qora ko’zlarini tikib. Ayol seskanib ketdi. O’zini beparvo tutib, jilmaymoqchi bo’ldi. Ammo lablari o’ziga bo’ysunmadi. Ich-ichidan bir to’lg’onish kelib gapirishga izn bermayotgan bo’lsada, o’g’lining savolini javobsiz qoldirgisi kelmadi.
— Bekor gap. Kim aytdi buni senga?
O’g’li peshonasini tirishtirib, qulog’iga uzuq-yuluq chalingan gap egasini eslashga urindi. Ammo eslolmadi. Aybdorlarcha onasiga termuldi. Ayol esa bolaning oldida shu gaplarni gapirgan yaqinlaridan ranjidi. Shu tun uzoq o’yladi. O’zining o’lim bilan hayot o’rtasida avvora ekanligining sababini topgandek bo’ldi. Yuragida shunday olov yondiki, bu olov asta-sekin taslim bo’layotgan, qovjirayotgan vujudini uyg’otib, jimirlatib yuborgandek bo’ldi. Bu alangada shijoat, g’ayrat kimlardandir nafrat va alam hissi qorishiq edi. "Yashashim kerak”, dedi lablari qaltirab. "Qasdma-qasdiga yashashim kerak”.

Gulruh YORMATOVA, "Hordiq" gazetasining bo'lim muharriri