Internetdagi tanishuv

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотров : 474
  • Коммент: 0
Internetdagi tanishuv..

Uni judayam sevaman, u tasavvur qilolmaydigan darajada sevaman uni, ammo u...

U bilan netda tanishib qolganman, u judayam samimiy, xazilkash, maslahatgo'y sirdosh edi. Munosabatimiz do'stlik bilan boshlangan, aslida esa u uchun shunday edi. Men u bilan ilk marta suhbatlashgan chog'imdayoq yuragim uni deya ura boshlagan. Deyarli har kuni gaplashardik, bitta saytda tanishgandik u bilan, o'sha kundan boshlab eng sevimli saytimga aylangandi u yer. Kompyuterni yoniga o'tirarkanman o'sha saytga qanday kirib qolganimni sezmay qolardim, uni ahtarardim. Keyinchalik telefonda gaplashadigan bo'ldik, ovozi shunday yoqimli ediki butun vujudim jumbushga kelardi. Ko'zlari esa chinakamiga "bema'nilikrli" edi. U doim - extiyot bo'ling meni ko'zlarim bema'nilikrli, ularning asiriga aylanasiz hali uchrashganimizda derdi. Chunki u boshqa viloyatda men esa boshqa viloyatda edik. U kelishga vada bergandi, u mengamas aksincha men unga ko'proq talpinardim, bir birimizdan deyarli xech narsani yashirmasdik. Kun sayin unga yaqinlashishni xoxlardim, lekin u mendan olislarda, gaplashardik lekin kam gaplashardik, doim biror narsa sabab bo'lardi, yo uyidagilar yo ishxonadagilari. Tez tez kechki payt telefon qilganimda zanit bo'lardi telefoni, lekin o'shandayam unga ishonardim, bilardimki unga ko'p odam qo'ng'iroq qilardi va u meni xech qachon aldamaydi deb o'ylardim. Uni so'zlari shunday samimiy ediki ko'zlaridanda ortiqroq bema'nilikrlardi.

Negadir oradan vaxt o'tib mendan ancha uzoqlashib ketdi, men netga kirolmadim, bu paytda u ham menga kam qo'ng'iroq qilardi, men qilganimda esa doimgidek band bo'lardi.

Menga ko'p bora takrorlardilar, - Menga bunchalik bog'lanib qolmang keyin qiynalib qolasiz. - derdi. Lekin bu gaplar menga zarracha ham foydasi yo'q edi, chunki u meni hayotim mazmuniga aylanib ulgurgandi, xatto meni o'zidan yiroqlashtirish uchun gaplashmay qo'ydi, smslarimga javob yozmasdi, telefonimga javob qimasdi. Menam ko'p bora urindim lekin bu harakatlar uni menga yanada ko'proq eslatar, yanada ko'proq talpintirardi. U bilan yana gaplashdik, men uni sog'inganimni tinmay takrorlardim, u esa sevishini, va albatta meni yonimga kelishini aytardilar. Lekin...

Uyga sovchilar kelishdi, o'sha kuni tinmay yig'ladim, kechki payt har doimgiday netga kirdim, ular yo'q ekanlar, kutdim, uzoq kutdim. Ularga aytdim, uyga sovchilar kelyapti dedim, ular esa xotirjam - Men sizga aytgandimku menga bunchalik bog'lanib qolmang qiynalasiz deb, mana sizni baxtingiz to'yga rozi bo'ling, biz xech qachon birga bo'lolmaymiz,- Ko'zlarim yoshga to'ldi, - Axir menga vada bergandiz albatta sizni ko'rishga boraman degandiz, nega unday deyapsiz, xarakat qilsak hammasi yaxshi bo'ladi, - dedim. U esa buni istamasligi shunday bilinib turardi, - Men sizga to'yga rozi bo'ling dedim, sizzi to'yiz albatta bo'ladi,- dedi. Men 2 kun o'zimga kelolmadim. Uydagilarim sovchilarga yana kelishini aytib yuborishgandi. men xoxlamasdim, butun vujudim uni derdi. Undan boshqa bilan xech qachon baxtli bo'lolmayman deb o'ylardim.

Ikki kundan keyin unga qo'ng'roq qildim soatam 23:00 dan oshgandi, ko'zlarimga uyqu kelmasdi, o'zimni bir narsa qilib qo'yishdan zo'rg'agina tiyilib yurgandim, telefon band, ikki uch marta qildim ko'tarmadila, sms yozdim " Agar xozir telefonizni ko'targanizda bunday gunohga botmasdim". Javob qaytmadi. Qanday qilib o'z jonimga qasd qilganimni bilmay qoldim. Ko'zlarimni ochsam kasalxonada ekanman, boshimda ONAJONIM yig'layaptilar. Men qanday qilib ularni yuziga qarashni bilmasdim. Axir qanday qilib umrimda bir martayam ko'rmagan odamimni deb o'z jonimga qasd qildim. Qanday qilib unga bunchalar bog'lanib qoldimki mushtipar ONAJONIM ham ko'zimga ko'rinmadi.

U esa bularning hech biridan habarsiz, o'zining "yangi sevgan yori" ( balki avvaldan ham shunday bo'lgandir) bilan edi.

Xudoga ming shukrki xozir axvolim yaxshi, ikki xaftacha kasalxonada yotdim, do'xtirlarga mingdan ming raxmat meni hayotga qaytarishgani uchun. To'yim esa bo'lgani yo'q, oyimlarga tushuntirdim, haliyam o'sha bevafo yuragimdan ketishini istayapman, shunga xarakat qilyapman, lekin har safar o'sha saytga kirganimda yuragim jumbushga kelardi. Xozir u saytga deyarli har kuni kiraman, lekin u bormi yo'qmi zarracha ham ahamiiyati yoq'. U "bevafo" yuragimga shu so'zni uqtiraverib charchadim.

Xech qachon, tanimagan bilmagan odamizga bunchalik bog'lanib qolmang. Netdagi tanishuvlarhar doim ham baxt keltirmaydi.


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.