Kerakmas.

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.01.2016
  • Просмотров : 481
  • Коммент: 0
Kerakmas mingta so'z bilan avrashing,
Xamono yodimda o'zing deyishing.
Xar tongda sani man tushda ko'rdim deb,
Kerakmas xis etmas kuylar kuylashing.
Birgina so'rayman sandan hamisha,
Eslagin o'zgaga bir boqganingda.
Kimningdir ko'ziga tikilganingda.
Suratim namoyon bo'lsin ularda.
Diqqating buzganda begona chiroy.
Yuraging qattiqroq ursa birovdan.
Junbushga kelganda eting suhbatdan.
Iltimos bir bora eslagin mani.
Kerakmas eslasing yonimda bo'lsang.
Kerakmas o'zimga aytishing sevging.
Yolvoray bir bora eslab tur mani.
Birovlar yonida o'tirar bo'lsang.
Yodga ol bir bora manim nigohim.
Nursiz bir ko'zlarda ko'ringaningda.
Dilim yetimlikda o'ksiganin ham.
Kimnidir mexrida ovunganingda.
Hamisha eslab tur kelganingdamas.
San mandan yiroqqa ketar bo'lganda.
Qalbimda g'amimni eslagin bir bor.
Kimdir og'ushida quvonganingda.
Kimningdir ovozi jaranglaganda,
Qulog'inga qo'shiq b6lib kirarmu,
Navosi yoqimli bo'lsada uni,
Meningdek nolasi unda bo'larmu.
Zor qaqshab yig'lagan bemor ishqimni,
Ko'ngli to'q zolimlar tushinarmidi,
Mexringa zor tashna saxrolarimda,
Bir bora oyog'im kuydirarmidi.
Bo'g'izlab qo'ysaydim beburd ishqimni,
Tilkalab tashlasam bemor sevgimni,
Mendanam qaysarroq chiqdi tuyg'uyim,
Mengamas vafosi senga der deya.
Jimgina termulgan ko'zlargm asli,
Yurak og'rigidan hayqirganini,
Churq etmas lablarim tishlanganini,
Kimnidir o'pganda yodga olsayding.
Kerakmas qo'limga bergan sovg'ang ham,
Qo'limdan tutganda issiq tafting ham,
Bir donang bo'lmasam yurakkinangda,
Joningni bersang ham kerakmas manga.
Kerakmas shart emas so'ramayman ham,
Talab ham qilmayman surishtirmayman.
Kim bilann qaylarda bo'lsang ham mayli.
Birgina iltimos yodga ol mani.
Kerak bo'lsa mayli taqqosla mani.
Yuragim qalbimu mehrim taftimni.
Ko'zlar tuzilishimas nurin taqqosla.
Quchoq extirosnimas mehrim taqqosla.
Kerakmas sevganim zavqim berishi.
Kerakmas yonimga to'lib kelishi.
Kimdandur visolni sog'inganida.
Birgina tilagim eslab qo'yish.
Qizg'onish rashk emas hudbinlikdami.
Jimgina shukirdan alam yutarman.
Kimgadir nigohing qadalganida.
Birgina eslashing ollohdan so'rayman.
Eplay ololmayman talab qilishni.
Yer bilan bir bo'lib jonga tegishni.
O'zgalar bir chetdan rom qilganida.
Unitma meni bir eslab qo'yishni...


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.