Farrux harbiy xizmatni tugatib, shu sohada ishini davom ettirdi.Uni ishxonasida hamma hurmat qilardi.Chunki u hurmatga loyiq,tartibli xodim edi.Kunlardan bir kuni uni ish yuzasidan kollejga yuborishdi.U kollejga kirishi bilan qizlar o'zini yo'qotayozdi.Chunki u judayam kelishgan va xushsurat yigit edi.Taqdirni qarangki xuddi shu kuni Koreadan bir qator mehmonlar kelgan edi.Ular talabalar bilan fikr almashar edi.Farrux ikkinchi qavatdan pastga tushayotgan edi.Zinadan shoshib chiqayotgan koreys qiz unga urulib ketdi.Pastga yiqilib tushayotganida u qizni nozik belidan tutib qoldi.Qizni kichkina ko'zchalari katta-katta ochilib ketgandi.Farrux ham unga termulib qoldi.Qiz unga nimadir dedi.Ammo u tushunmadi.Qiz yana shu gapni takrorladi. |Uzbeklar.net| U yana tushunmadi.Qiz charrillab yubordi.Cho'chib ketgan qahramon qizni qo'yib yubordi.Qiz zinadan dumalab tushdida hushini yo'qotdi.Farrux qizni ko'tarib oldida kollejdagi hamshira xonasiga olin bordi.Qizni kravatga yotqizib bo'ynidagi bejikiga qaradi.Seyron Kim."Qiz bolani ismi ham shunaqa bo'larkanda?Undan ko'ra Sayrammi,Surayyomi bo'lganida darrov uylanib olardim"o'yladi u.Hamshira qizni o'ziga keltirdi.Qolgan mehmonlar va tarjimon qizni atrofini o'rab olishgan edi.Qiz bir nimalar dedi.Tarjimon Farruxga qarab,nega meni qo'yvoring desa tashlab yubordingiz?U joni og'riyotganini aytdi.Farrux qizga qarab uzr dedi.Qiz indamadi.Farruxni hayoti shundan so'ng o'zgarib ketdi.
Ertasi kuni Farrux mehmonni ko'rgani keldi.Qiz esa kasalxonada oyog'i gipsda yotardi.Farrux qizni oldiga kirib yonida o'tirdi.Qiz shirin uxlab yotardi.U termulib turdi.Qiz uyg'ondi.Farruxni ko'rib bir nimalar deb yig'ladi.Farrux uni qo'lidan tutib,yuragiga bosdi.Bu bilan chin yurakdan afsusdaman demoqchi edi.Seryon unga qarab jimib qoldi.
-Isming Seryonmi,buncha ozg'insan,shunga oyog'ing darrov sinadida.Ovqat ye.