Axir Seyron uyiga ketganku.Uni juda qumsayapman,ko'rgim keladi.Uni tabbassumi,sochlari yuragimga hayajon solardi.
3oydan so'ng menga yashirin raqamdan tel keldi.Ko'tardim.Axir bu mening kichkintoyimku.U bilan so'rashdim.Uzoq gaplashdik.Internetdagi manzilini oldim.U men bilan gaplashganda juda sevinardi.
-Bilasizmi,men hozir yonimda bo'lishingizni istardim.Bugun hayotimdagi yaxshi kun.
-Qanaqa kun.
-Meni sevimli insonim men uchun tort olib berishini orzu qilgan kunim.
-Nima tug'ilgan kuningmi bu kun?
-Ha.
-Tabriklayman,niyatingga yet.
Telni o'chirgach unga eng chiroyli tortlarni va gullarni rasmini yubordim.U xursand bo'ldi.Biz har tongda va har tunda uzoq gaplashardik.Videoqo'ng'iroq orqali gaplashganda bir-birimizdan ko'z uzolmay qolardik.Ko'zlar gaplashardi.Shunaqa kunlarda men unga sevishimni aytdim,o'zbek tilida.U tushungandek qotib qoldi.Undan hazil aralash menga turmushga chiq deb so'radim.U"o'zbek qizga uylanishingiz kerak,uyingizdagilar shuni istashadi"dedi. |Uzbeklar.net|
-Senchi?
-Men,bilmadim.
Sevgi is'horimni oyim eshitib turgan ekanlar.Ular qarshilik qildilar.Men yuragimni boshqarolmasdim.
Palakat oyoq ostida deganlaridek avtohalokatga uchradim.Bir oy komada yotdim.O'zimga kelganimda yonimda oyim yig'lab turardilar.O'zimga kelganimdan xursand bo'ldilar.Ammo oyog'imga qarab qo'yardilar.Oradan ikki soar o'tib bir oyog'imni yo'qotganimni sezdim.Bu hayotimdagi fojea edi.Odamovi bo'lib qoldim.Yolg'iz qolishni istardim.Yana ikki oy o'tib uyga javob berishdi.Xonamga qo'ltoqtayoqda amallab kirdim.Chunki birovni yordamini xoxlamadim.Hayotdan nafralanib turganimda,u menga bergan tuxfasi kichkintoyim,sevgilim turardi.Men ahvolimni ukam unga aytgan ekan,o'sha zaxoti uchib kelibdi.Bundanam lol qolganim u o'zbek tilida gapirardi.Uni qattiq quchoqlab oldim."Endi qo'yib yubormayman."-dedim, u"Men ham"dedi.