Ko'ngil oynasi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотров : 345
  • Коммент: 0
Bir oila shahar markazidagi ko'p qavatli uylarning biriga ko'chib keldi.

Yangi xonadon bekasi ertalab azonda uyg'onib, tashqariga boqdi. Qarasa, qo'shni ayol yuvilgan kirlarini dorga yoyish bilan band.
- Yo tavba, anavi ayolning kirlari hecham “ochilmabdi”, chala yuvganmi, deyman, - dedi kinoya ohangida.
Uning bu gaplarini eshitgan eri lom-mim demadi.
- Qo'shnimning sovuni sifatli emasdir. Ehtimol, kir yuvishni bilmas. Unga kir yuvish qanaqa bo'lishini bir o'rgatib qo'ysam bo'larkan.

Shu tariqa har safar haligi qo'shni ayol dorga kir yoyganda, shu suhbat takrorlanaverdi, er esa beparvo.

Ajib va munavvar kunlardan birida ayol deraza osha tashqariga boqdi-yu, beixtiyor qichqirib yubordi:
- Voy, mana qarang! Bugun u kirlarini top-toza qilib yuvibdi-ku. Birorta g'ubor ko'rinmaydi-ya! Va nihoyat qo'shnim kir yuvishni o'rganib olibdi, qoyil!
- Yo'g'e, - deya sokinlik bilan javob beribdi eri, - men shunchaki barvaqtroq turib, deraza oynasini yuvib-tozalab qo'ydim, xolos...

Hayotda ham xuddi shunday! Hammasi atrofimizdagi voqea-hodisalarni ko'rsatib turgan o'sha deraza oynasiga bog'liq. Avvalo, birovlarni tahqirlash yoki ulardan biror ayb topishdan oldin o'zimizning ko'ngil oynamizga boqaylik. Dilimizni har qanday chang va g'uborlardan tozalaylik. Qachonki, qalb oynamiz pokiza ekan, dunyo bizlar uchun shunchalik hikmatli ko'rinaveradi.

Zero, illat izlaganga illatdur dunyo, hikmat izlaganga hikmatdir dunyo.


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.